Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida Özbekiston bayroği rangidagi lentani taqib yurgan yigitni qölga olgan IIB xodimlariga xizmat tekşiruvi tayinlangan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
«Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği rangidagi tasmani taqib yurgan yigit bilan boğliq holat yuzasidan içki işlar xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkaziş böyiça Qamaşi tumani prokuraturasi tomonidan taqdimnoma kiritilgan.
Hozirda Qaşqadaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Ma’lumot örnida, qonunga zid bölgan ma’muriy qaror sud majlisida körib çiqilgunga qadar bekor qilingan», deyiladi xabarda.
Avvalroq, «Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov adolat qaror topgani, biroq qonun ustuvorligi töliq va teng ta’minlanişi kerakligini ta’kidlagandi.
«Adolat qaror topdi. Biroq fuqaroga noqonuniy talab qöygan, tegişli hujjatlarni rasmiylaştirgan va javobgarlikka tortiş uçun sudga yuborgan IIB xodimlari hamda noqonuniy qaror qabul qilgan sudning harakatlariga qanday baho berilgani masalasi mavhumligiça qolmoqda. Boşqaça aytganda, adolat qaror topdi, biroq qonun ustuvorligi tölaqonli ta’minlandimi degan savol oçiq qolmoqda», deb yozgandi u.
Ma’lumot uçun ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanidagi Çim dehqon bozorida yelkasiga davlat bayroği rangidagi tasma taqib olgan yigit IIB xodimlari tomonidan qölga olingani haqida xabar tarqaldi va bu jamoatçilikning haqli e’tirozlariga sabab böldi.
2023 yil 5 may kuni Qaşqadaryo viloyati IIB fuqaro R.I. uşbu tasmani yeçib qöyiş böyiça profilaktika inspektorlarining qonuniy talablariga böysunmagani, holat yuzasidan fuqaroga MJtKning tegişli moddalari bilan hujjatlar rasmiylaştirilgani hamda jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudiga yuborilgani haqida ma’lum qildi.
Keyinroq esa ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida iş qözğatiş haqida qabul qilingan noqonuniy qaror Boş prokuratura aralaşuvi bilan bekor qilindi, bayroq rangidagi tasma taqqan yigitning noqonuniy jazolanişi bartaraf etildi.

















