O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash, ayniqsa, xorijlik ovchilar tomonidan ovlash oxirgi vaqtlarda sezilarli ko‘paygan. Masalan, yaqinda rossiyalik ovchi Sergey Mazurkevich 1 bosh morxo‘r va Buxoro qo‘yini ovlagani o‘zbek auditoriyasida yetarlicha norozilik keltirib chiqardi. Shunga o‘xshash voqea 2021 yilda boshqa bir rus ovchisi bilan ham bo‘lgandi. O‘shanda Yevgeniy Shirokov 2 dona qo‘ng‘ir ayiqni otishga ruxsatnoma olib, bitta ayiqni otgach jamoatchilikda keskin rezonans ko‘tarilgandi. Natijada ovchidan ikkinchi qo‘ng‘ir ayiqni ovlashga berilgan ruxsatnoma qaytarib olingandi. Umuman yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma olish nimani anglatadi?

Hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma olish

Qonunchilikka ko‘ra, yovvoyi jonivorlarni ovlash uchun maxsus ruxsatnoma olish talab qilinadi. Uni Tabiat resurslari vazirligi ovchiga har bir hayvon uchun alohida beradi. O‘zFA qoshidagi Zoologiya instituti esa har yili yoki chorakda jonivorlar yashash hududi va populyatsiyasini o‘rganib, bir yilda qaysi turdagi jonivordan nechta ovlash mumkinligi haqida o‘z xulosasi va kvotasini tasdiqlaydi. Vazirlik ruxsatnoma berayotganda shu xulosadan foydalanadi.

Kun.uz ham aynan rus ovchilari otgan morxo‘r va Buxoro qo‘yiga belgilangan kvota haqida vazirlikka so‘rov yuborgandi. Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zFAning 2022 yil 5 dekabrdagi xulosasida 8 bosh (4ta ovlashga, 4ta ko‘paytirishga) burama shoxli echki (morxo‘r) va 4 bosh Buxoro tog‘ qo‘yi (Urial)ga kvota ajratilgan.

Shu o‘rinda muhim ma’lumotni aytib o‘tish kerak: bu 2 jonivor O‘zbekistonda u qadar ko‘p emas. Zoologiya instituti rahbari Baxtiyor Xolmatovning Kun.uz’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yashayotgan morxo‘rlarning umumiy soni 750dan ortiqni, Buxoro tog‘ qo‘yi esa 150 donani