22 may kuni Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov «Ukraina qurolli kuçlarining qöporuvçilik-razvedka guruhi Grayvoronskiy rayoni hududiga kirgani»ni ma’lum qildi. Undan avvalroq uşbu hududda harbiy harakatlar ketayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Kreml Rossiya prezidenti röy berayotgan voqealardan xabardor qilingani haqida ma’lum qilgan. Ukraina harbiy razvedkasi operatsiya Rossiya fuqarolaridan iborat tuzilma tomonidan «xavfsizlik zonasi» taşkil etiş maqsadida amalga oşirilayotganini ma’lum qildi.

Ukrainaning «Skrinka Pandori» telegram-kanali kunning birinçi yarmida Rossiyaning çegaradagi «Grayvoron» nazorat-ötkaziş punktida tanklar va artilleriya vositasida harbiy harakatlar ketayotgani haqidagi xabar va videoni tarqatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyida olingani aytilgan va bitta tank tomonidan zarba yöllanayotgani aks etgan video keng tarqaldi.

Rossiya mudofaa vazirligi hozirgaça janglar haqida xabar bermadi.

Region rahbariyati avvaliga çegaradagi posyolkalarga diversantlar kirib kelgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi va hududlar yoppasiga öqqa tutilayotganini ma’lum qildi. Gubernator Gladkov kunning birinçi yarmida soat 9 dan boşlab bir soat davomida Grayvoron şahar okrugi «Ukraina qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutilgani» haqida aytgan. Şuningdek, u tinç aholi vakillaridan heç kim halok bölmagani va jabrlanmaganini bildirgandi. 

Gubernator çegaradagi aholi yaşaş punktlaridagi aholi evakuatsiya qilinayotgani töğrisidagi ma’lumotni ham rad etgandi, ammo internetda aholi özi mustaqil ravişda yaşaş joylarini tark etayotgani va yöllarda tirbandliklar hosil bölgani, şuningdek, aholini olib ketiş uçun evakuatsiya avtobuslari yuborilayotgani aks etgan videolar tarqalgan.

Kreml matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov esa jurnalistlarga mudofaa vazirligi, FXX va çegaraçilar prezident Vladimir Putinga «ukrain diversiya guruhining Belgorod oblastiga bostirib kirişga urinişi» töğrisida hisobot berganini ma’lum qildi. «Rossiya hududidan ukrainalik diversantlarni siqib çiqariş va yöq qiliş işlari olib borilmoqda, voqea joyida yetarli kuç va vositalar mavjud», deya hukumat pozitsiyasini ifoda etgan Peskov.