22 may kuni Migratsiya agentligi tomonidan Koreya Respublikasida işlaş istagidagi fuqarolar örtasida bölib ötayotgan EPS-Topik UBT test imtihoni jarayonlarini keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida press-tur taşkil qilindi. Jurnalistlar talabgorlarni imtihonga kiritiş jarayonini kuzatişdi, agentlik matbuot kotibi savollarga javob berdi.
Kun.uz suriştiruvlarida körsatilgan holatlardan biri – “öringa kiriş” vaziyati böyiça berilgan savolga matbuot kotibi öringa kirmoqçi bölgan şaxslar imtihonlardan çetlatilganini, şu bilan birga, ular imtihonlarga kira olmaganini aytdi, kirayotgan paytida qölga tuşganini aytdi.
Biroq Kun.uz körsatuvida ulardan biri aynan imtihon topşiriş xonasida – parta ustida ötirib, test topşirayotgani körsatilgan edi.

Imtihon jarayonini ijtimoiy tarmoqlarda onlayn translatsiya qiliş haqidagi savolimizga javoban, matbuot kotibi buni Koreya tomonining ruxsati bilan amalga oşiriş mumkinligini, hozirça bunga ruxsat berilmaganini aytdi.
Imtihon ötkazilayotgan bino içiga ruxsat bölmasa, talabgorlarni imtihonga kiritiş joyi – hovlida kameralar örnatiş va onlayn translatsiya qiliş haqidagi taklifimizdan keyin, matbuot kotibi buning imkoniyati borligini aytdi.


Kun.uz malaka testlarida firibgarliklar jarayonga tarjimonlarni kiritiş vaji bilan amalga oşirilayotgani haqida xabarlar olgan. Şu sabab malaka testlarini topşiriş jarayonida tarjimonlardan foydalanmaslik taklifimizga javoban, matbuot kotibi buni Koreya taşkiloti vakiliga yetkaziş kerakligini bildirdi.
Koreya Inson resurslarini rivojlantiriş xizmatining Özbekistondagi EPS markazi direktori Vkon Txe Gyom negadir savollarimizga javob berişni istamadi.

















