Samarqand şahrida Rossiya va Özbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qöşma komissiyaning uçinçi yiğilişi bölib ötdi. TASS xabar berişiça, unda Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin Özbekiston bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan atom elektr stansiyasini quriş loyihasini amalga oşirişni tezlaştirişga çaqirgan.
«Biz atom energetikasi böyiça hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşni muhim deb bilamiz. Rossiya bilan atom elektr stansiyasini birgalikda quriş yirik loyiha böladi. Erişilgan barça kelişuvlarni amalga oşirişni tezlaştiriş kerak», - degan Mişustin.
Rossiya boş vaziri Özbekiston tomoni bilan avtomobilsozlik, samolyotsozlik va farmatsevtika sanoatiga oid loyihalar ham muhokama qilinganini ta’kidlagan.
«Katta sarmoyalar maşinasozlik va metallurgiyaga yönaltirilmoqda», - deya qöşimça qilgan u.
Eslatib ötamiz, 2017 yil dekabrda Rossiya va Özbekiston huqumatlari atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş böyiça kelişuv imzolagan. Özbekistonda quriladigan birinçi AES qiymati 2018 yilda taxminan 11 mlrd dollarga baholangan edi.
Stansiya umumiy quvvati 2,4 gigavatt bölgan ikkita energoblokdan iborat bölişi, u Jizzax viloyati hududida qurilişi reja qilingan. «Özatom» va «Rosatom» AES quriliş maydonida injyenerlik işlarini bajariş böyiça şartnoma imzolagan.
«Rosatom» 2020 yil boşidayoq Özbekistonda AES qurişni boşlab, birinçi blokni 2028 yilda işga tuşirmoqçi edi. Bu boradagi yakuniy şartnoma hali imzolanmagan. 2020 yil oxirida Rossiya tomoni şartnoma loyihasi deyarli tayyorligi, «faqat texnik jihatlar» qolganini bildirgan, Özbekiston tomoni esa şartnoma tayyorligini rad etib, muzokaralarda milliy manfaatlar himoya qilinayotganini ma’lum qilgandi.
2022 yil oktyabr oyida prezident Şavkat Mirziyoyevning Vengriyaga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvga asosan, qurilajak AESda Vengriyaning sovitiş tizimlaridan foydalanilişi


















