Uning ma’lumotlariga köra, Gomel viloyatidagi zavodni uşbu maqsadlar uçun qayta jihozlaş mumkinligi haqida xabarlar mavjud. 

Minsk va Tehron Ukrainadagi harbiy harakatlarni özaro qöllab-quvvatlayotgan bir şaroitda, qurol-yaroğ kelişuvlarini muhokama qilişi va ikki tomonlama hamkorlikni çuqurlaştirişi mumkin, deya ta’kidlaydi ekspertlar. 

Bundan oldin Eron kutilmaganda Ukrainaning hududiy yaxlitligini yoqlab çiqqandi.

Eron har qanday davlatning, jumladan Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi va «uruşni siyosiy muloqot orqali tugatiş zarurligini ta’kidlaydi». Bu haqda Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyon ma’lum qilgan.

Eron Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşda faol foydalanilayotgan dronlarni yetkazib beradi. Şu tariqa, AQŞ ma’lumotlariga köra, 2022 yil avgustidan 2023 yilning mayigaça Rossiya Erondan 400 dan ortiq, asosan, Shahed tipidagi dronlarni qabul qilib olgan va ularning aksariyatidan Ukraina muhim infratuzilmasiga zarba berişda foydalangan.