1 sentabr kuni Andijon viloyatida 2009 yildan buyon yopiq bölgan «Mingtepa» va «Xonobod» özbek-qirğiz çegara bojxona postlari oçildi.

Marhamat tumanida joylaşgan, Qirğizistonning Aravon tumani bilan boğlovçi «Mingtepa» (Mingtepa/Qora-Boğiş) çegara posti avval 0,5 gektar maydonda joylaşgan, hozirda esa 1,12 gektar maydonni egallaydi.
Marhamat tumanidagi Qirğiziston bilan çegara posti oçiliş marosimida Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov qatnaşib, ikki elni birlaştiruvçi rejalardan yana biri amalga oşgani bilan tabrikladi.
«Avvalambor barçangizni keça siz nişonlagan Qirğiziston mustaqilligi kuni bilan, bugun Özbekistonimizda nişonlanayotgan Vatanimiz mustaqillik bayrami bilan çin yuragimdan tabriklayman. Hurmatli prezidentimiz taşabbuslari bilan, qolaversa Qirğiziston prezidenti qöllab-quvvatlovi bilan ikki elni birlaştiriş böyiça juda katta-katta işlar amalga oşirilyapti», — deydi viloyat hokimi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida qayd etilişiça, kunduzgi vaqtda faoliyat olib boruvçi xalqaro maqomdagi «Mingtepa» çegara bojxona postida bir kunda 4−5 ming fuqaro hamda 200 tagaça avtotransport vositasi ötişi va qaytişi mumkin.
Şundan söng Özbekistonning eng şarqiy hududidagi Xonobod şahrida joylaşgan «Xonobod» (Xonobod/Bek-Obod) çegara bojxona postining ham oçilişi bölib ötdi. Bu post ham 2009 yilda öz faoliyatini töxtatgandi.

Avval 1,3 gektar maydonda joylaşgan post bugungi kunda 2,2 gektar maydonda qayta taşkil etilgan.
Uzluksiz faoliyat olib boruvçi xalqaro maqomdagi uşbu postda kuniga 9−10 ming fuqaro hamda 300 tagaça avtotransport vositasi harakatlanişi mumkin.
Tadbirda viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov nutq sözlab, Şavkat Mirziyoyev u bilan boğlangani va hammani uning nomidan tabriklaşini aytganini bildirdi.

















