Soğliqni saqlaş vazirligi Star Med klinikasining litsenziyasini bekor qilişni sörab, sudga da’vo arizasi kiritgani haqida xabar berilgandi. Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida mazkur iş doirasida uç bora sud muhokamasi ötkazildi.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma’lum qilişiça, SSV arizasida litsenziyani bekor qilişning asoslari sifatida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 27-ilovasi 9-bandi talablari qöpol ravişda buzilganligi, xususan, xalq orasida “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan marhum Farhod Mannopovga tibbiy yordam körsatgan şifokorlarda malakaviy toifa mavjud bölmaganligi, birlamçi tibbiy hujjatlar lozim darajada yuritilmaganligi, tibbiy texnikaning metrologik me’yorlarga mosligi böyiça davriy tekşiruv ötkazilmaganligi kabi bir qator kamçiliklarga yöl qöyilganligi qayd etilgan. Şuningdek, javobgar tomonidan marhum Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatişda bir qator litsenziya talab va şartlari buzilganligi, uşbu holatlar “Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonunning 33-moddasi talabiga köra litsenziyani bekor qiliş uçun asos bölişi körsatilgan.
Sudning 2023 yil 15 maydagi muhokamasida javobgar tomon advokati Farhod Mannopovning ölimiga jarrohlik amaliyoti sabab bölmaganini bildirgandi. Şuningdek, sud muhokamasida javobgar tomon advokatining işni klinikaning mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yakuniga qadar mazkur nizo yuzasidan iş yuritişni töxtatib turiş töğrisidagi oğzaki iltimosnomasini qanoatlantiriş rad etilib, şu kungi muhokama taraflar vakillarining iltimosnomalari qanoatlantirilgan holda boşqa muddatga qoldirilgan.
Sudning 2023 yil 25 maydagi majlisida javobgarning advokati yuqoridagi mazmundagi iltimosnomasini yozma şaklda taqdim etib, unga jinoyat işiga daxldor bölgan hujjatlarni ilova qilgan. Öz navbatida arizaçi vakillari marhum Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatişda bir qator litsenziya talab va şartlari buzilganligini asoslovçi hujjatlarni sudga taqdim etgan.

















