“Navoiy-Zarafşon-Uçquduq” yölining katta qismi çöl hududidan ötgan. Qizilqum çölining bu qismida çorva mollari köp uçraydi va ular erkin qöyib yuborilgan holda boqiladi. Şu sababli, kutilmaganda yöldan qöy, ot, tuya yoki qoramol ötib qolişi heç gap emas. Bu esa haydovçilar uçun doim xavf bölib kelgan.
Uşbu yölda uy hayvonlari bilan boğliq avtohalokatlar köp uçrab turadi. Ularning ayrimlari insonlarning ölimi bilan yakunlangan.
Şu sababli, mazkur yölning çöl hududidan ötgan qismida uy hayvonlari şaklidagi önlab maketlar örnatib çiqilgan.




Ammo haydovçilarni ogohlantiriş uçun öylab topilgan bu “innovatsion” ğoyaning foydasidan zarari köp bölişi mumkin.
“Qotil” maket
Hayvon körinişidagi maketlar haydovçilarni ogohlantirişdan köra köproq çalğitadi. Bu çalğitiş ayniqsa tungi vaqtlarda karrasiga oşadi: “hayvonlar” göyoki yölga çiqib kelayotgandek holatda qöyilgan. Tabiiyki, unga közi tuşgan haydovçida yölga hayvon çiqib kelayapti, degan tasavvur uyğonadi. Haydovçi ongli ravişda hayvonni urib yubormaslik uçun undan qoçiş maqsadida rulni qarama qarşi tomonga buradi. Ayni şu vaziyatda qarama-qarşi tomonidan maşina kelayotgan bölsa, töqnaşuv sodir böladi.
Ikki kun oldin Uçquduq tumanida uç kişining ölimi bilan yakun topgan YTH sodir böldi. Nexia haydovçisi kutilmaganda boşqaruvni yöqotib, yölning qarama-qarşi yönalişida harakatlangan. Oqibatda ikki maşina töqnaşib ketgan.
YTH sodir bölgan joyda yöl çetiga sigir maketi örnatilgan.

Kun.uz’da mavjud bölgan ma’lumotga köra, YTH sodir bölgan joyda yölning umumiy kengligi 15 metrni, qatnov qismining kengligi 9 metrni taşkil etadi. Yölning uşbu oraliği şu yil may oyida ta’mirlangan. Demak, haydovçi kutilmaganda boşqaruvni yöqotişi uçun uçta variant bor: texnik nosozlik, uxlab qoliş yoki nimadandir çalğiş. Bu boşqaruvni yöqotgan haydovçini sigir maketi çalğitgan bölişi mumkin, degan taxminni yuzaga çiqaradi.






















