“Özbekiston temiryöllari” AJning 3 oktyabrdagi xabariga asosan, bugun, 20 oktyabrdan tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlarining çipta narxlari mos ravişda 50, 100 foizga oşirilişi kerak edi. 

Kompaniya matbuot kotibi Alişer Boltaboyevning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu sanadan çipta narxlari oşirilmaydi. Ayni vaqt taşkilot stavkalarni qayta körib çiqmoqda. Ammo hozirça çipta narxlari qaçon va qanday qiymatda qimmatlaşi aniq emas. Boltaboyevga köra, jarayonda yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlarning qatnov narxlari 2 barobarga oşirilmasligi ham mumkin. 

“Bu boradagi ma’lumotlar tasdiqlangaç, taşkilotning özi axborotni jamoatçilikka e’lon qiladi”, – deydi AJ matbuot kotibi.  

Kun.uz narxlarni “Özbekiston temiryöllari” AJning elektron platformasi orqali körib çiqdi. Unga köra, çipta narxlari özgarişsiz qolganini biliş mumkin. Masalan, 2023 yil 19 iyun sanasida Toşkent Şimoliy vokzalidan Buxoro yönalişida harakatlanuvçi “Afrosiyob” poyezdining çipta narxi şu yil 17 noyabrdagisi bilan bir xil, 173 ming söm bölgan. 

Bu yölovçi transport taşuvlarida narx özgarişi aytilgan vaqtdan keçikayotgan yagona holat emas. 2022 yildan beri “Toşşahartransxizmat” AJda yölkira oşirilişi kutiladi, bu borada rasmiylar bir neça marotaba va’dalar ham berişgandi. Ammo noma’lum sabablarga köra, hanuzgaça jamoat transportiga qulay tariflar joriy etilgani yöq.