Toşkent metrosi Yerusti halqa yölining ikkinçi bosqiçi doirasidagi Quruvçilar dahasidan Sergeli mavzesiga qadar qurilayotgan 2 ta yangi — «Turon» va «Qipçoq» bekatlarining quriliş işlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga «Toşkent metropoliteni» DUK matbuot kotibi Töyçi Mirzayev ma’lum qildi.
15 dekabrdan boşlab «Turon» (13-bekat) va «Qipçoq» (14-bekat) bekatlarida sinov tariqasida (yölovçilarsiz) poyezdlar harakati yölga qöyildi.

Qayd etilişiça, sinovning yakuniy muddati va yangi bekatlarning yölovçilar uçun qaçondan xizmat körsatişi haqidagi ma’lumotlar tajriba natijalari asosida qöşimça ravişda taqdim etiladi.
Eslatib ötamiz, yangi bekatlarning işga tuşirilişi sabab avvalroq Yerusti halqa yölining bir qança boşqa bekatlarda iş rejimi özgarişi haqida xabar berilgandi.

Dastlab «Texnopark» va «Yaşnobod», keyinroq esa «Tuzel» (3-bekat) bekatlarida iş rejimi qisqartirilib, poyezdlar harakati soat 06:00 dan 22:00 ga qadar amalga oşiriliş boşlangandi.

Ma’lumot uçun, Qöyliqdan Sergeligaça bölgan Yerusti halqa yöli jami 7 ta metro bekatini öz içiga olgan. Uning qurilişi 2020 yilning dekabr oyidan boşlangan.
Şu yil aprel oyida bekatlarning 5 tasi aholiga foydalanişga topşirilgandi.

















