«Yuksaliş» harakati raisi Bobur Bekmurodov rossiyalik propagandaçi yozuvçi Zaxar Prilepinning sobiq SSSR hududlarini Rossiya tarkibiga qöşib oliş böyiça taklifi yuzasidan munosabat bildirdi.

«Zaxar Prilepinning «Özbekistonni bosib oliş» tahdidi mutlaqo qabul qilib bölmaydigan holat. 

Rus siyosatçilarining bunday qaraşlari şubhasizki, özbekistonliklar orasida Rossiya Federatsiyasiga salbiy munosabatni kuçaytirmoqda. 

Uning tobora kamayib borayotgan nufuzini yanada pasaytirmoqda. Rus siyosatçilari agressiv kayfiyat va sözlar bilan döst orttirib bölmasligini anglab yetişi zarur. Aynan şunday agressiv harakatlari döstona munosabatdagi mamlakatlar bilan aloqalarning yomonlaşişiga sabab bölmoqda», degan u öz videomurojaatida.

Deputat Zaxar Prilepinni bunday harakat Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib çiqarişi haqida ogohlantirgan. 

«Prilepin va boşqa rus siyosatçilari ilgari surayotgan bunday qaraşlar illyuziyadan boşqa narsa emas. Kimgadir yoqadimi, yoqmaydimi, Özbekiston mustaqil, mustahkam suverenitetga ega mamlakatdir.
 
Qolaversa, qariyb 60 ming a’zoga ega bölgan harakat nomidan Rossiya rasmiylarini ittifoqçi mamlakatga nisbatan bunday agressiv bayonotlarga e’tibor qaratişga va batamom çek qöyişga çaqiraman», degan u. 

Prilepin bu gaplari bilan Rossiya Konstitutsiyasining özga davlatlar bilan tinç hayot keçiriş, içki işlariga aralaşmaslikni nazarda tutuvçi 79.1 moddasiga ham qarşi çiqayotgani qöşimça qilingan.

Bundan oldinroq rossiyalik yozuvçi Zaxar Prilepin migrantlar muammosini hal etiş uçun sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qöşib olişni va uning aholisiga rus tilini örgatişni taklif etgandi, uning bu sözlari Özbekiston aholisida katta e’tirozlar uyğotmoqda.