Jondor tumanida insonlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Tuman hokimi YTHning oqibatlarini bartaraf etiş va şu kabi baxtsiz hodisalarning oldini oliş töğrisida farmoyiş çiqardi.

Hujjatda keltirilişiça, YTH 2024 yilning 22 yanvar kuni soat 17:48da sodir bölgan. “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomagistral yölining Jondor tumani hududidan ötgan 299-kilometrida Isuzu transport vositasi qarama-qarşi yönalişda kelayotgan Lacetti bilan töqnaşib ketgan. YTH oqibatida 5 kişi halok bölgan.

Oldinroq Navoiyda sodir bölgan YTHda ikki kişi vafot etgandi.