Ma’lum bölişiça, Jalaquduq tumanida yaşovçi A.S. oilaviy kelişmovçiliklar sabab ikki marotaba uylangan va ikkala ayolidan ham farzand körgan. Biroq hozirda ularning ikkisi bilan ham yaşamaydi. Sud qarori bilan ikkala ayolning foydasiga bolalari uçun aliment undirilişi belgilangan.

A.S. 2009 yildan buyon M.Q.ga va 2015 yildan esa Z.Ş.ga aliment tölab kelgan. Aliment tölovlarini öz vaqtida tölamagani sababli ikkala sobiq turmuş örtoğiga tölaşi kerak bölgan aliment qarzdorligi yiğilib qolgan.

Undiruvçilar MIBga murojaat qilib aliment pullari undirib berilişini söragan. Byuroning Jalaquduq tuman bölimi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borilib, aliment qarzlarini tölamaslik javobgarlikka sabab bölişi qarzdorga tuşuntirilgan.

Şundan söng, qarzdor A.S.dan undiruvçi M.Q.ga 13,4 mln söm va Z.Ş.ga 22 mln söm aliment qarzdorligi undirib berilgan.

Avvalroq, qaşqadaryolik ota aliment evaziga uç nafar farzandiga Toşkent şahridan uy olib bergandi.