Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimi Mirzaçöl tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bugun, 20 fevral kuni xalq deputatlari Mirzaçöl tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgan. Tanqidiy ruhda ötkazilgan sessiyada taşkiliy masala körilgan.
Unda Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qilgan. Şundan söng, deputatlar Botirjon Mirzaqulovni Mirzaçöl tumani hokimi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi qarorini bir ovozdan ma’qullagan.
Botirjon Mirzaqulov 1970 yilning 23 fevralida Sirdaryo tumanida tuğilgan. 2005 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. 2018 yildan Sayxunobod tuman hokimi lavozimida işlagan, 2020 yil noyabrida Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumot uçun, Mirzaçöl tumaniga 2021 yil yanvaridan buyon Şerzod Ahmedov rahbarlik qilayotgandi.

















