Özbekistonda gaz qazib oliş hajmi milliard kubga kamaydi. Hokim örinbosarlaridan biri 25 ming dollar bilan uşlandi. Özbek yoşlari jahondagi tengqurlaridan nafaqat bilim, balki ijodiy fikrlaş böyiça ham ança orqada qolyapti. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

PISA-2022: Qöşimça blok imtihoni natijalari e’lon qilindi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti 2022 yilgi PISA xalqaro tadqiqotining qöşimça bloki – ijodiy-kreativ fikrlaş böyiça imtihon natijalarini e’lon qildi. Özbekiston bu yönalişda ham eng quyi uçtalikdan joy egalladi. Tadqiqotda qatnaşgan 15 yoşli maktab öquvçilarimizning bor-yöği 16,5 foizi ijodiy-kreativ topşiriqlar böyiça 5 darajali tizimda uçinçi yoki undan yuqori darajani qayd eta olgan. Öquvçilarimizning yarmidan köpi – 61 foizi birinçi daraja yoki undan ham pastroq natijani körsatgan.

Özbekistonlik ösmirlar ijodiy fikrlaş imtihonida örtaça 14 ball töplagan bölib, bu singapurlik tengdoşlarining körsatkiçidan 3 barobarga kam. Bu esa, turgan gapki, umumiy ta’lim sifati bilan boğliq: tadqiqot mualliflarining qayd etişiça, matematika va boşqa asosiy fanlardan yaxşiroq baho olgan yoşlar kreativ fikrlaş imtihonlarida ham yuqoriroq natijalarga erişgan. Bundan taşqari, bolalarida kreativ mulohaza yuritiş qobiliyati yuqori bölgan davlatlarda bolaning ijodiy qobiliyatini östirişga alohida e’tibor beriladi: bu masala öquv dasturlariga kiritilgan, öquvçilardagi kreativ fikrlaş darajasini baholaş mezonlari işlab çiqilgan.

Özbekistonda esa maktab ta’limida bolani yodlaşga emas, fikrlaşga örgatiş işlari endi-endi boşlanyapti. Çorşanba kuni prezident huzuridagi yiğilişda ma’lum qilinişiça, yangi öquv yilidan boşlab yana mingta maktabda prezident maktablaridagi kabi 100 ballik baholaş tizimiga ötiladi. Bu tizim ötgan yili 500 ta maktabda joriy etilgan va rasmiylarga köra, buning natijasida ulardagi öquvçilarning özlaştirişi 53 foizdan 59 foizga oşgan.

Yiğilişda aytilişiça, kam quvvatda işlayotgan pedagogika kollejlari tugatilib, ularning örnida boğça va maktablar taşkil etiladi. 270 ta maktab interaktiv doska, 365 tasi kompyuter sinflari bilan jihozlanadi. “Mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuçaytiriş, ota-onalar va bolalar uçun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratiş maqsadida Tarbiya pedagogikasi milliy instituti taşkil