Yoşlar orasida oliy ta’limga qiziqiş yildan yilga pasayyapti. Jizzaxdagi BYD zavodida ilk elektromobillar tayyor böldi. AES qurilişi böyiça şartnoma kuçga kirib bölganidan keyin, endi jamoatçilik fikri örganilişi aytildi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Abituriyentlar soni sezilarli kamaydi

Özbekistonda oliy ta’lim olişga qiziqiş bildirayotgan yoşlar soni yildan yilga kamayyapti. Bu yil oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uçun jami 894 ming abituriyent röyxatdan ötdi. Bu ötgan yilgi abituriyentlar sonidan 14 foizga, ikki yil oldingi körsatkiçdan esa 36 foizga kam. Taqqoslaş uçun, bu borada rekord örnatilgan 2020 yili 1,5 million yoşlar, ya’ni 2024 yilga qaraganda 66 foizga köp abituriyent öqişga hujjat topşirgandi.

Bu raqamlarga qöşimça tarzda, maktab bitiruvçilari va umuman 30 yoşgaça bölgan aholi soni yildan yilga sezilarli oşib borayotganini inobatga olsak, Özbekistonda oliy ta’lim olişga qiziqiş sönyapti deb bemalol deyiş mumkin. ChatGPT sun’iy intellektining fikriça, rivojlanayotgan mamlakatlarda talaba bölişga da’vogar yoşlar sonining kamayişi avvalo iqtisodiy omillarga boğliq böladi. Bu – oilalarning kontrakt tölaşga qurbi yetmasligi, mehnat bozoriga ertaroq kirib keliş oliy ta’lim olişdan köra afzalroq bölib qolişi, ta’lim sifati esa jozibali emasligi kabi omillar bölişi mumkin.

Tadqiqotlarda iqtisodiy ösişning tezlaşişi va oliy ta’limga bölgan talabning ortişi örtasida kuçli boğliqlik borligi aniqlangan. Aksinça holatda esa, iqtisodiy ösiş sekinlaşişi natijasida oliy ma’lumotli bölişga qiziqiş susayadi, bu esa mamlakatdagi inson kapitalining sifatini tuşirib, iqtisodiy ösişni battar sekinlaştiruvçi omilga aylanişi mumkin.

Yoşlar kuni arafasida ular uçun yangiliklar

Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 iyun – Yoşlar kuni arafasida yoşlar bilan uçraşib, ular uçun ta’limda yangi imkoniyatlar oçilişi haqida e’lon qildi. Davlat rahbarining sözlariga köra, yangi öquv yilidan boşlab oliygohlar qoşidagi 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan öquvçilar öşa oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Hozirda çet elda öqimoqçi bölgan yoşlar matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlaş böyiça “SAT” imtihonini topşiryapti. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija körsatgan öquvçilar xorijdagi eng nufuzli oliygohlarga grant yutyapti. “Endi bunday yoşlarni özimizning oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz”, dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyevning ma’lum qilişiça, endilikda oliygohlarning 1- va 2-kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyğunlaşadi. Texnikumning 1- va 2-yilini yaxşi öqigan yoşlarga diplom beriladi va ular öqişini oliy ta’limda, 2- yoki 3-kursdan boşlab, kontrakt asosida davom ettirişi mumkin böladi. Işlayotgan yoşlar esa 2 yillik staj töplaganidan keyin, iş beruvçining tavsiyasi bilan, oliygohga kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi. Bundan taşqari, IT sohasida özini özi band qilgan yoşlarga IT-park rezidenti maqomi berilib, ular 3 yil muddatga barça soliqlardan ozod etilişi e’lon qilindi.

Yoz jaziramasi energotizimni sinovdan ötkazmoqda

IT, ta’lim va umuman har qanday sohani bazaviy şart-şaroit – elektr energiyasisiz tasavvur qilib bölmaydi. Yozning jazirama quyoşi ostida ötgan haftadan trillionlab mablağ ajratilayotgan energetika tizimi “5” baho bilan ötdi deb bölmaydi. Hatto poytaxt Toşkentning markaziy nuqtalarida ham yana soatlab elektr uzilişlari röy berdi. Va bunday uzilişlar yoz oxirigaça davom etişi ehtimoli yöq emas: “Özgidromet” prognoziga köra, iyul oyida va avgust oyining boşida anomal issiq kuzatilişi mumkin.

Sinoptiklarning ma’lum qilişiça, payşanba kuni Toşkentda örtaça sutkalik havo harorati köp yillik me’yordan 6 daraja yuqori bölgan, lekin bu hali anomal körsatkiç emas. Temiryölçilar esa bu fikrga qöşilmaydi. “Öztemiryölyölovçi” kompaniyasining fikriça, respublikamiz hududida “keskin anomal issiq” ob-havo kuzatilmoqda. Bunday şaroitda temiryöl relslari qizib ketadi, şu sababli harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida poyezdlar tezligini sekinlaştirişga qaror qilingan. Natijada reyslar qatnov grafigidan keçikişi, poyezdlardagi konditsionerlarning iş quvvati pasayişi mumkin. Xullas, poyezdga çiqadigan bölsangiz, özingiz bilan yelpiğiç yoki mini-ventilyator oling.

Energetika mavzusiga qaytsak. Tabiiy gaz va elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi kamaygani haqida ötgan hafta xabar bergan edik. 27 iyun kuni Energetika vazirligi Statistika agentligi bergan bu ma’lumotlarning ayrimlarini rad etib çiqdi. Vazirlikka köra, may oyida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi kamaymagan, aksinça, 5,8 foizga oşgan. Şu bilan birga, ötgan oyda iste’molçilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori ötgan yilning mayiga qaraganda 5,7 foizga kamaygan. Rasmiy izohga köra, iste’molning kamayişiga tariflar oşgani, natijada aholi elektrdan tejamkorlik bilan foydalanişiga ötgani sabab bölgan.

Tabiiy gaz qazib çiqarişdagi pasayiş esa Qandim gazni qayta işlaş zavodi va Jarquduq gazni kompleks tayyorlaş qurilmasidagi rejaviy ta’mirlaş işlari va boşqa texnologik sabablar bilan izohlandi. Agar bu izohga işonsak, zavod va qurilmadagi ta’mirlaş işlari tugaganidan keyin, gaz qazib çiqariş yana avvalgi holatiga qaytişi kerak. Jiddiyroq aytganda esa, yillar davomida ortga qaytmasdek köriniş olgan tendensiyani şunçaki 1-2 ta qurilmani ta’mirlab qöyiş bilangina töxtatib bölişiga, albatta, işoniş qiyin.

Gaz qazib oliş kamayişi fonida, çorşanba kuni Özbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda kam quvvatli AES quriş böyiça imzolangan şartnoma kuçga kirdi. Şu kuni Jizzax viloyatidagi tanlangan maydonda “Rosatom” vakillari iştirokida quriliş işlarini boşlaş uçun ştab taşkil etildi. Bu yerda uzoq yillar davom etadigan quriliş jarayoni uçun, avvaliga zarur infratuzilma va quruvçilar şaharçasi barpo etiladi.

Foriş tumanida qurilişi boşlanayotgan AES Markaziy Osiyodagi yagona atom stansiyasi bölmasligi mumkin. Şu hafta jurnalistlar bilan uçraşgan Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mamlakatda AES quriş masalasi şu yil kuzda referendumda ovozga qöyilişini aytdi. Özbekistonda esa referendum bölmasa-da, jamoatçilik muhokamalari ötkazilişi kutilmoqda. Bu haqda “Özatom” agentligi direktorining maslahatçisi Qosim Töxtaxunov ma’lum qildi.

“Referendum masalasiga kelsak... Konstitutsiyamizga köra, bu masalalar böyiça referendum ötkazişga hojat yöq, lekin biz tabiiy ravişda joylarda jamoatçilik muhokamalarini ötkazamiz”, – dedi “Özatom” rasmiysi.

BYD Uzbekistan'ning ilk elektromobillari tayyor

Jizzaxdagi BYD Uzbekistan zavodida yiğilgan elektromobillarning eng birinçilari xaridorlarga yetkazib berişga tayyor. 27 iyun kuni bu viloyatga borgan prezident Şavkat Mirziyoyev Chazor va Song Plus Champion rusumli ilk elektromobillarda dastxat qoldirdi. Şu yerda davlat rahbariga mahalliylaştiriş böyiça rejalar taqdimot qilindi.

Rasmiy xabarga köra, loyihaning hozirgi birinçi bosqiçida zavod yiliga 50 ming dona elektromobil işlab çiqariş quvvatiga ega. Sönggi uçinçi bosqiçda bu körsatkiçni yarim milliontaga yetkaziş közda tutilgan. Butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş işlari bamper, oyna, lak-buyoq, plastik qismlardan boşlanişi kutilyapti. Keyinçalik elektromobilning asosiy qismi bölmiş akkumulyator va elektr dvigatel, alyuminiy qismlar, şinalar va örindiqlarni ham özimizda işlab çiqarişga ötilişi aytilmoqda.

Xitoylik investorlarning BYD importini çeklaş böyiça yöllagan söroviga Özbekiston hukumatining javobi qanday bölişi hozirça ma’lum emas. Avvalroq bu borada 1 iyulgaça takliflar işlab çiqilişi belgilangan edi. Bu holatda çeklovning notarif xarakterda bölişi ehtimoli, qolaversa, gap faqat BYD brendi ostidagi avtomobillar haqida ketayotganidan kelib çiqilsa, Jahon savdo taşkilotiga a’zolik ham bu çeklovga qarşi çora böla olmaydi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Qonunçilik palatasi çet el fuqarolarini nomaqbul deb topuvçi qonunni qabul qildi. Unga köra, çet el fuqarolari Özbekistonning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvçi, adovat qözğatuvçi, xalq şa’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvçi nutq va harakatlari uçun Özbekistonga kirişi taqiqlanadi, agar mamlakatda bölsa, deportatsiya qilinadi. Uçta öqişdan ötgan hujjat Senatga yuborildi.

Hovli uylardan iborat mahallalarda servis kompaniyalari taşkil etiladigan böldi. Prezident huzuridagi taqdimotda aytilişiça, servis kompaniyalari tajriba tariqasida 208 ta mahallada taşkil etiladi. Ular köçalar va ariqlarni obodonlaştiradi, köçat ekib, parvarişlaydi, şartnoma asosida kommunal tarmoqlarni ta’mirlaş, çiqindilarni saralaş va taşiş xizmatlarini körsatadi. Servis kompaniyalarini yollaş uçun mahallalarga har oyda 20 mln sömdan mablağ ajratilişi kutilmoqda.

Farğonada Lacetti'ning gazballoni portlaşi oqibatida bir kişi halok böldi. Voqea Rişton tumanida 27 iyun kuni röy bergan. 52 yoşli haydovçi maşinasini tuman markazidagi dehqon bozori hududiga töxtatib, bozorga kirib ketgan vaqtida, maşinaga örnatilgan gazballon portlab ketgan. Oqibatda şu atrofda bölgan fuqarolardan biri jarohatlanib, tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.

“Mening boğim” loyihasida yaşil jamoat boğlarini taşkil etiş böyiça taşabbuslarga ovoz beriş boşlandi. Özbekistonliklar 6 iyul soat 10:00 gaça “Oçiq budjet” portalidagi 738 ta taşabbusdan birini qöllab-quvvatlaşi mumkin. Eng köp ovoz töplagan 200 dan ortiq taşabbus ğolib deb topiladi va körsatilgan manzilda yaşil boğ taşkil etiş işlari boşlanadi. Bu yilgi birinçi mavsumda loyihaga jami 52 mlrd söm, har bir ğolib taşabbusga esa 250 mln sömgaça mablağ ajratilgan.

Oğir şaroitga tuşib qolgan muhtoj qizlar vaqtinçalik bepul uy bilan ta’minlanadi. Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan uçraşuvda ma’lum qilişiça, oğir şaroitga tuşib qolgan, uy-joyga muhtoj qizlar uçun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Qizlar işga joylaşib, oyoqqa turib olgunga qadar, bu uylarda 3 yil davomida bepul yaşaşi mumkin böladi. Bundan taşqari, 3 yoşgaça farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim oliş imkoniyati yaratiladi.

Bekobodda içki işlar binosidagi ölim holati böyiça bir xodim qamoqqa olindi. Gumondorning şaxsi va lavozimi oçiqlanmayapti, jami neça nafar içki işlar xodimi tergovga jalb etilgani ham ma’lum emas. Marhumning akasi Kun.uz bilan suhbatda ukasini içki işlar xodimlari 5-6 kişi bölib döpposlaganini aytdi. Hafta davomida, şuningdek, Farğonada soğlom odam ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgani ham faollarning xavotiriga sabab böldi. Holat uçun şifokorga hayfsan berilgan.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova