Ijtimoiy tarmoqlarda 28 iyul kuni Toşkentdagi Anhor parkida osmondan lentalar yoğilişi haqida video tarqalgandi. Toşkent şahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi holatni örganib, nazoratga olganini ma’lum qildi. Örganişda parkdagi Amfiteatrda “lenta-şou” uyuştirilişi, bunda animatorlar lentalarni aylantirib, tomoşa körsatişi, osmondan lentalar yoğdirişi aniqlangan.
Vazirlik taşkilotçilariga bu kabi şoular atrof-muhitning ifloslanişiga sabab bölişi, ekologiya uçun zararli ekanini tuşuntirganini ta’kidlagan va “lenta-şou” bekor qilinib, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar öçirtirilgan.
Vazirlik xiyobonlar, dam oliş maskanlari, köngiloçar obektlar mutasaddilarini yuqoridagi kabi atrof-muhitga zarar keltiradigan şoular ötkazmaslikka çaqirib, ekologiyaga yetkazilgan har qanday zarar uçun qonunda qat’iy jazo belgilanganini eslatgan.
Oldinroq, şaharning Aşxobod sayilgohida 20 mingta pufak (şarlar) osmondan yoğdirilişi haqidagi xabarlar jamoatçilikda jiddiy norozilik uyğotgan edi.

















