Raqobat qömitasining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi 2024 yil davlat xaridlari sohasidagi örganiş natijalarining bir qismi bilan bölişdi.

Unga köra, “Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va ta’mirlaş zavodi” AJ tomonidan maxsus axborot portallari orqali jami 2,8 mlrd sömdan ortiq ötkazilgan tender savdolari böyiça qonunçilik buzilgani aniqlangan.

Ya’ni buyurtmaçi taşkilot, “Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va ta’mirlaş zavodi” AJga “Raqobat töğrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganlik holati böyiça iş qözğatilgan hamda natijasi böyiça moliyaviy jarima qöllaş yuzasidan qaror qabul qilingan.

Qayd etilişiça, qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik böyiça bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilgan.

“Şuningdek, qonunbuzilişga yöl qöygan mansabdor şaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, körib çiqiş uçun tegişli tartibda sudga jönatildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq qömita “Öztemiryölyölovçi” AJ va “Şahar atrofida yölovçi taşiş” MÇJ Farğona filiallari sotilgan çiptalardan vositaçilik yiğimi qiymati böyiça iste’molçilardan 1,3 mlrd söm ortiqça tölov undirganini aniqlab, bu ikki kompaniyani jarimaga tortgandi.