Janubiy Koreya politsiyasi Telegram’ni jinsiy jinoyatlarga kömaklaşiş va ularni rağbatlantirişda ayblab, tergov boşladi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi. Mamlakatning huquqni muhofaza qiluvçi organlari messenjer asosçisi Pavel Durovni hibsga olgan Fransiya hukumati bilan hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda.

Janubiy Koreya Milliy politsiyasi tergov boşqarmasi boşliği U Çjon Su Telegram tergov uçun zarur bölgan ma’lumotlarni, xususan, akkaunt haqidagi axborotni taqdim etişdan boş tortayotganini aytdi. U boşqa mamlakatlar, jumladan, AQŞ hokimiyati ham şunday muammoga duç kelganini ta’kidladi.

“Bizning öz usullarimiz bor. Tergov ötkaziş uçun qölimizdan kelgan barça çoralarni işga solamiz. Fransiya tergov organlari va turli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda işlaş imkoniyatidan foydalanmoqçimiz”, — dedi boşqarma boşliği matbuot anjumanida.

Agentlik ma’lumotlariga köra, mahalliy politsiya dipfeyklar yaratuvçi sakkizta Telegram-botni tekşirmoqda, şuningdek, obrösizlantiruvçi materiallar tarqatiş bilan şuğullanayotgani aytilgan guruh çatlarini örganib çiqmoqda. Ta’kidlanişiça, 26 avgustdan 29 avgustga qadar tört kun içida dipfeyklardan jinsiy jinoyatlar sodir etiş uçun foydalanilgani haqida 88 ta xabar kelib tuşgan, natijada 24 nafar gumonlanuvçi aniqlangan. Ular haqida boşqa ma’lumot keltirilmagan.

Durov 24 avgust kuni Parijda qölga olingandi. Unga nisbatan Telegram’dagi firibgarlarning harakatlari va Fransiya rasmiylari bilan hamkorlikdan boş tortişga oid oltita modda böyiça ayblov e’lon qilindi. 28 avgust kuni u 5 million yevro garov evaziga sud nazorati ostida ozodlikka çiqarildi. Mahalliy Liberation gazetasining yozişiça, söroq paytida Pavel Durov Fransiya maxsus xizmatlari bilan muloqot va hamkorlik qilib kelganini aytgan.