5 sentabr kuni Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudi qişloq xöjaligi vazirining sobiq örinbosari Alişer Törayev, uning qizi Anais Törayeva hamda qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi sobiq hisobçisi Mansur Qözibekovga nisbatan hukm çiqargan. Bu haqda sud qarorini örgangan «Gazeta.uz» xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2021 yil sentabr oyida qişloq xöjaligi vaziri örinbosari, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbari (buyurtmaçi) Alişer Törayevning öğliga tegişli bölgan De Nova Agro kompaniyasi 1 mln dona uzum köçatini yetkazib beriş böyiça 9,95 mlrd sömlik tenderda ğolib bölgan. Öşa paytda kompaniya direktori uning qizi Anais Turayeva bölgan.
Iş materiallariga köra, Alişer Törayev tender komissiyasini «öziga sodiq odamlar»dan (ular alohida jinoiy işda körsatilgan) tuzgan, ular komissiya yiğilişi bayonnomasini imzolagan, lekin aslida u ötkazilmagan.
Manfaatlar töqnaşuviga qaramay, sobiq vazir örinbosari uning öğli Bekjon Törayev ta’sisçi bölgan De Nova Agro kompaniyasining tender savdolarida ğalaba qozongan. 2021 yil 30 avgust kuni korxona bilan in-vitro usulida 1 mln dona uzum köçati yetkazib beriş böyiça 9,95 mlrd sömlik şartnoma tuzilgan.
Sud qarorida qayd etilişiça, amalda bu köçatlar markazga yetkazib berilmagan bölsa-da, mahsulot qabul qilingani haqida bir neçta soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylaştirilib, «talon-toroj qilingan» mablağlar ötkazib berilgan.
Törayev, uning qizi va markaz hisobçisi ham mahsulotlarni qabul qiliş va topşiriş böyiça boşqa rasmiy hujjatlarni soxtalaştirişda ayblanmoqda. Ma’lum qilinişiça, ular 2023 yilda issiqxonalardagi 283,4 ming tup köçatlarning köçat ekiş vaqtida ildizlari şikastlangani, elektr ta’minotining muntazam uzilişi, suğoriş tizimidagi nosozliklar tufayli nobud bölgani haqidagi bir neça ma’lumotnomalarni qalbakilaştirişgan, biroq ösimliklar nobud böliş tugul, aslida yetkazib berilmagan.
Sud qarorida qayd etilganidek, Toşkent viloyati agroxizmatlar markaziga 562,8 ming dona köçat ötkazilgani töğrisidagi guvohnomalar soxtalaştirilgan bölsa-da, aslida u yerga yetkazib berilmagan. Şuningdek, ösimliklarni parvarişlaş va iş haqi uçun 509,1 mln söm asossiz hisoblangan.
Sudda Alişer Törayev öz aybiga qisman iqror ekanini bildirgan. Uning tan olişiça, kelişuvda körsatilganidek 1 mln tup emas, 5−25 sm balandlikdagi 700 ming tup köçat yetkazib berilgan. Köçatlarni parvariş qiliş uçun mavsumiy işçilarni jalb qiliş, öğit, himoya va boşqa vositalarni sotib oliş uçun qonuniy ravişda mablağ ajratilgan. Bu masalada u özini aybdor deb hisoblamaydi. U qolgan 300 ming köçatni yetkazib berişga tayyorligini aytgan.

















