Favqulodda vaziyatlar vazirligi 11 sentabr kuni kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan matbuot anjumani ötkazdi. Unda mas’ullardan Boysundagi gaz konida yuzaga kelgan holat va aholining zaharlanişi haqida ham söraldi.
“Boysundagi gaz konida vodorod sulfid zaharli gazi çiqişidan keyin, öşa joyga energetika vaziridan tortib hokimlarga bölgan rasmiylar bordi. Vazirlik ortiqça vahimaga örin yöq degandi, lekin aholi qiynalayotgani haqida juda köp murojaatlar kelib tuşyapti. Vazirlik sifatida vaziyatni qanday baholaysizlar, aholi salomatligini himoya qiliş uçun qanday tavsiyalar berasizlar?” – deya söradi Gazeta.uz muxbiri.
Savolga vazirlik matbuot kotibining örinbosari Samandar Hikmatullayev javob berdi.
“Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va OAVda mana şu Boysun masalasida juda köp ma’lumotlar tarqatilyapti. Keling, birinçi bölib geolog sifatida ma’lumot berib ötaman. Respublikamizning köproq tekislik va toğ oldi hududlarida gaz konlari bor. Neft-gaz konlari asosan ikkita qatlamning orasida böladi, bu qatlamlar gazni ötkazmagani uçun şu joylarda gazlar saqlanib qolgan. Bu joylarda nafaqat metan gazi, har xil turdagi gazlar saqlanadi. Burğilaş jarayonida, juda köp hollarda yuqori bosimga ega qatlamni yorib tuşgan paytda, mana şu joyda bosim bilan gaz çiqişni boşlaydi. Hattoki dunyo tajribasida ham, özimizda ham jarayon juda katta yonğinlar yoki portlaşlar bilan keçgan holatlar bölib turadi.
Qatlam yorib otilganidan keyin bu yerda (M25 koni nazarda tutilmoyda – tahr.) yuqori bosimga ega gaz çiqa boşladi. Bu joyda metandan taşqari yondoş gazlar, xususan oltingugurt gazi ham bor. Gazni qayta işlaydigan korxonalarda şu kabi gazlarni ajratib oliş va tabiatga çiqişining oldini oliş imkoni böladi. Bu kon esa endi özlaştirilyapti.
1 sentabr kuni gaz çiqa boşlagan bölsa, mas’ul taşkilotlar bilan atrofdagi bir neçta qişloqlar evakuatsiya qilindi, aholi bu joylardan köçirildi. Şamol yönalişi qaysi tarafga esayotgan bölsa, bu gaz ham öşa yoqqa qarab esib boradi. Bu toğ oldi hudud bölgani uçun har xil tomondan şamol esadi.
Hozirda öşa gaz çiqayotgan burğulaş qurilmalarining yaqinidan qöşimça ştolnya qazilib, gaz çiqarib qöyilgan va bu yomon gaz bölgani uçun aholi va hududlarga ta’sirini kamaytiriş maqsadida yondirib qöyilgan. Ya’ni keraksiz gazlar yoqib yuborilyapti. Bu tajriba butun dunyoda ham bor.
Hozirgi kunda yuqori bosimda çiqayotgan gazni jilovlaş, siqib oliş böyiça hukumat komissiyasi taşkil qilingan, işlar amalga oşirilyapti. Asosiy işni bajaruvçi taşkilot – “Özbekenergo”. Ular bilan hamkorlikda ştab taşkil qilingan, u yerda hukumat komissiyasi bor. Respublika rahbariyati öşa kunning özidayoq topşiriqlar qöygan, aholiga xavflarning oldini oliş böyiça bir qator keçiktirib bölmaydigan tadbirlar amalga oşirilyapti.

















