«Özatom» Atom energiyasi agentligining Atom elektr stansiyasi qurilişi direksiyasi va «Atomstroyeksport» AJ («ASE» AJ, «Rosatom»ning muhandislik bölimi) Özbekistonda qurilajak kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) quriliş maydonçasida işlarni boşlaş töğrisida bayonnoma imzoladi.
«Özatom» agentligi xabariga köra, hujjat Özbekiston Atom energiyasi agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev va «Rosatom» davlat korporatsiyasi boş direktori örinbosari — Xalqaro faoliyat bloki direktori Nikolay Spasskiy iştirokida imzolandi.
«Bugungi imzolangan hujjat Özbekistonda birinçi kam quvvatli AES quriliş loyihasini amalga oşiriş böyiça faol işlarni boşlaşga qadam taşlaganimiz dalolatidir, bu esa yaqin kelajakda quriliş maydonçasida töğridan töğri işlarni boşlaş imkonini beradi», — dedi Otabek Omonov.
AES loyihasi böyiça dastlabki işlar iyun oyida boşlangan, unda bölajak atom elektr stansiyasi qad rostlaydigan maydonda birinçi quriliş ştabi joylaştirilib, rejalaştirilgan muddatda işlarni boşlaş imkonini beradigan ustuvor vazifalar belgilab olingan. Avgust oyining oxirida atom elektr stansiyasi quruvçilari uçun vaxta şaharçasini yaratiş işlari boşlandi.
Bu atom elektr stansiyasi faoliyat yuritayotgan hududni an’anaviy kompleks rivojlantiriş yölidagi birinçi qadamdir — hududda madaniy-ma’rifiy loyihalar, tibbiyot taşkilotlari paydo böladi, aholi yaşaş punktlari odamlarni yaşaşga, sanoat korxonalari va tijorat taşkilotlarini esa mehnatga jalb qilişi kutilmoqda, deya ta’kidlamoqda «Özatom» agentligi.


















