«Buyuk Britaniyada tört kunlik iş haftasi böyiça ilk rasmiy eksperiment kampaniyasi doirasida minglab işçilar maoşi qirqilmagan holda qöşimça dam oliş kunlariga ega böladi», — deyiladi xabarda.

Kampaniyaning maqsadi — yozda leyboristlar hukumatiga eksperiment natijasini taqdim etişdan iborat.

Şu bilan birga ayrim kompaniyalar işçilar har ikki haftada qöşimça dam oliş kuni oladigan iş jadvalini ham tajribadan ötkazişga qaror qilgan.

Naşr ma’lumotlariga köra, hukmron leyboristlarni tört kunlik iş haftasini joriy etişga köndiriş oson bölmaydi, çunki ular avval boşidan hukumatning rejasiga kirmagan.

Avvalroq Islandiyada tört kunlik iş haftasi joriy etilgandi. Yangi tadqiqotga köra, Islandiya yalpi içki mahsuloti 2023 yilda 5 foizga ösgan, bu rivojlangan iqtisodiyot uçun juda yuqori. Tahlilçilar mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatini aynan iş haftasining qisqarişi bilan boğlamoqda.