Qonunçilik palatasining 2025 yilgi davlat budjeti loyihasi körib çiqilgan 26 noyabr kungi majlisida deputat Qizilgul Qosimova tibbiyot xodimlarining oyliklarini oşiriş masalasini kötardi.
Boş vazir örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorovning aytişiça, hukumat tibbiyot sohasi böyiça “kimga va nima uçun yuqori oylik tölaş” masalasida boş qotirmoqda, ammo bu borada aniq reja hali işlab çiqilmagan.
Xöş, ayni paytda vaziyat qanday?
Özbekistonda tibbiyot xodimlari qança oylik oladi?
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga, soğliqni saqlaş sohasi vakillarining örtaça maoşi 3 mln 300 ming sömni taşkil etgan. Bu – mamlakatdagi örtaça oylik iş haqi (5 mln 151 ming söm)dan 36 foizga kam.
Töğri, boşqa tarmoqlarda bölgani kabi tibbiyot sohasi vakillarining ham iş haqi oxirgi yillarda sezilarli oşdi. Masalan, 2020-2024 yillarning mos davri oraliğida soğliqni saqlaş sohasidagi örtaça maoşlar 84 foizga (1 mln 793 ming sömdan 3 mln 330 ming sömga) köpaygan. Ammo boşqa sohalarga nisbatan bu körsatkiç juda ham past. Taqqoslaş uçun, uşbu davrda bank va suğurta faoliyatida band bölgan xodimlarning oylik maoşi 2,5 barobarga (5 mln 814 ming sömdan 14 mln 488 ming sömga), axborot va aloqa sohasi vakillarining maoşi esa qariyb 3 barobarga (4 mln 306 ming sömdan 12 mln 799 ming sömga) kötarilgan.
2024 yilda davlat budjetidan soğliqni saqlaş tizimiga 33,4 trln söm (şundan 26,2 trln sömi iş haqi va ijtimoiy soliqlar uçun) yoki yalpi içki mahsulotning 2,6 foizi miqdorida mablağ ajratilişi közda tutilgan. 2025 yilda esa tibbiyot sohasiga ajratilayotgan umumiy mablağ 41,3 trln sömgaça oşiriladi (şundan 30,1 trln sömi iş haqi va ijtimoiy soliqlar uçun), ammo YaIMga nisbatan bu miqdor 2,5 foizgaça kamayadi.

















