23 dekabr kuni Prezident raisligida Qoraqalpoğiston Respublikasini 2025 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva özining Telegramʼdagi kanaliga yozişiça, yiğilişda hududning ulkan imkoniyatlarini röyobga çiqariş, jumladan, investitsiyalarni köpaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş, aholi turmuş sifati va daromadlarini oşiriş çoralari muhokama qilingan.
«Uşbu masalalar böyiça bildirgan takliflarimizni körib çiqiş asnosida davlat rahbari loyiha ofisini taşkil etiş töğrisida topşiriq berdi. Tuzilma uçta asosiy «ösiş nuqtasi»: qişloq xöjaligi, sanoat va turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan.

Kelgusi yil uçun belgilangan vazifalar kölami juda keng, biz oldimizga qöyilgan barça maqsadlarga erişiş uçun bor kuçimizni işga solamiz», — deb yozadi prezident yordamçisi.
Eslatib ötamiz, avgust oyida Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonning imkoniyatlarini töliq işga soliş maqsadida hududni rivojlantiriş böyiça berilgan topşiriqlarning öz vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazoratni prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva va prezidentning Orolböyi mintaqasini barqaror rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Tursinxon Xudayberganov zimmasiga yuklagandi.

















