Ozarboyjon hukumati Rossiyaga Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyoti qulaşi bilan boğliq uçta talab qöygan, deb ma’lum qildi davlat rahbari Ilhom Aliyev mamlakat televideniyesiga bergan intervyusida. 

Uning sözlariga köra, bu talablar 27 dekabr kuniyoq Rossiya tomoniga rasman yetkazilgan. 

«Ular nimadan iborat? Birinçidan, Rossiya tomoni Ozarboyjondan uzr söraşi kerak. Ikkinçidan, öz aybiga iqror bölişi kerak. Uçinçidan, aybdorlar jazolanişi, jinoiy javobgarlikka tortilişi va Ozarboyjon davlatiga, jabrlangan yölovçilar hamda ekipaj a’zolariga tovon puli tölanişi kerak. Bu bizning şartlarimiz. Bulardan birinçisi keça bajarildi. Umid qilamanki, qolgan şartlarimiz ham qabul qilinadi», – degan prezident. 

Aliyev qöyilgan barça talablar adolatli ekanini qayd etgan. «Bu yerda heç qanday favqulodda talab yoki masala yöq, bu xalqaro tajribaga va oddiy insoniy xatti-harakatlar tamoyiliga asoslangan», – deya qayd etgan u.

Ilhom Aliyev aviahalokatdan keyin AZAL aviakompaniyasiga Rossiyaning bir neça şaharlariga parvozlarni töxtatişni buyurganini aytdi.

«Ha, bu körsatmani men berdim va buning asosiy sababi, albatta, xavfsizlik masalalari. Rossiyaning köplab şaharlarida havo hududi vaqti-vaqti bilan yopilgani sababli, u yerda maxsus iş rejimi qöllanadi. Ular buni «dronga qarşi operatsiya» deb ataşadi. Bir narsani aniqlaştiriş kerak: öşa «dronga qarşi operatsiya» [samolyotimizga] qaçon e’lon qilindi? Çunki bizda mavjud bölgan ma’lumotlarga köra, bu operatsiya samolyotimiz taşqi ta’sirga uçraganidan keyin e’lon qilingan. Demak, agar şunday bölsa, bu yana mahalliy xizmatlar muammoni yaşiriş uçun qilganini körsatadi», – dedi Aliyev.

  • Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga reysni amalga oşirgan samolyoti 25 dekabr tongida Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida qulab tuşdi. 38 kişi halok bölgan. Euronews va Reuters Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayanib bergan ma’lumotlarga köra, samolyot halokatiga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasi sabab bölgan. Reuters xabariga köra, Grozniy ustida «dronlar faolligi kuzatilayotgan» vaqtda samolyotga raketa otilgan. Raketa samolyot yaqinida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.
  • Rossiya hukumati buni tasdiqlamagan. Halokatdan ikki kun ötib Rosaviatsiya rahbari Dmitriy Yadrov samolyota Grozniy aeroportiga qöniş uçun kirayotganida şahar dronlar hujumiga uçraganini aytgan. U samolyot komandiriga qöniş uçun Rossiyadagi boşqa aeroportlar taklif qilingani, ammo u Oqtovdagi aeroport tomon uçişga qaror qilganini bildiran. Şu bilan birga, Euronews telekanalining Ozarboyjon hukumatidagi manbasi şikastlangan layner ekipaji avariyaviy qönişni amalga oşirişni söragani, ammo unga Rossiya aeroportlaridan birortasiga qönişga ruxsat berilmaganini xabar qilgan.