Qozoğistonda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegişli samolyot halokatida yölovçilarni qutqarişda iştirok etgan bir guruh favqulodda vaziyatlar va tibbiyot xodimlari, politsiyaçilar, Manğistov hududiy elektr tarmoqlari kompaniyasi va Oqtov xalqaro aeroporti işçilariga davlat mukofotlari topşirildi.

Qayd etilişiça, Manğistov oblasti rahbari Nurdaulat Qilibay mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning qaroriga köra 19 kişiga davlat mukofotlari — orden va medallarni topşirgan. Şuningdek, yana 51 kişiga davlat rahbari nomidan taşakkurnomalar berildi.

25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uçgan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uçradi. Samolyot bortida 67 kişi, jumladan beş nafar ekipaj a’zosi bölgan. Hodisa oqibatida 38 kişi halok böldi.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev samolyot Rossiya hududida «taşqi ta’sir bölgani» tufayli halokatga uçraganini ma’lum qildi. 28 dekabr kuni RF prezidenti Vladimir Putin Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi hamda «Rossiya havo kengligida röy bergan fojiali hodisa» uçun uzr sörab, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Öz navbatida Aliyev AZAL samolyotining Oqtovdagi halokati oqibatlarini bartaraf qilişda, jabrlanganlarni qutqarişda körsatilgan yordam uçun Qozoğiston xalqiga minnatdorlik bildirgan.