Rossiya Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi samolyotining Oqtov şahri yaqinida halokatga uçraşi yuzasidan mutlaqo obektiv va xolis tergov ötkazilişidan manfaatdor. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Tergov idoralariga kerakli körsatmalar berildi <…> Biz uşbu halokat sabablarini aniqlaş uçun mutlaqo obektiv va xolis tergov ötkazilişidan manfaatdormiz», dedi Kreml vakili jurnalistlarga.

Peskov aviahalokatdan söng Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ikki marta telefon orqali gaplaşganini, Rossiya rahbari uzr sörab, taassuf sözlarini aytganini eslatdi. «Uşbu halokat sabablarini örganişda barça zarur yordam va hamkorlik körsatilmoqda», dedi Kreml vakili.

29 dekabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjon televideniyesiga intervyu berib, Rossiya AZAL samolyotining Oqtovda qulaşi sabablarini «bosti-bosti» qilmoqçi bölganidan afsusda ekanini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, «samolyot ataylab urib tuşirilmagani aniq», lekin Rossiya tomoni voqeadagi aybini zudlik bilan tan olib, Ozarboyjondan keçirim söraşi kerak edi. «Afsuski, dastlabki uç kun davomida biz Rossiyadan uydirma versiyalardan boşqa heç narsa eşitmadik», deb xulosa qildi Aliyev.

7 yanvar kuni Ozarboyjon rahbari Moskvadan aybni rasman öz zimmasiga olişni, aybdorlarni jazolaşni hamda tovon puli tölaşni talab qilayotganini yana bir bor ta’kidladi.