Surxondaryoning Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» koni joylaşgan hududda olovli maydonlar yuzaga kelgani tasvirlangan video e’lon qilingan edi. Energetika vazirligi mazkur holatga munosabat bildirib, konda töplangan gazni xavfsiz yoqiş işlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, M25 koni hududida heç qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan. 2024 yil sentabr oyida metan emissiyasi sodir bölgan quduq örnida obektni konservatsiya qiliş böyiça rejalaştirilgan işlar olib borilmoqda va bu yerda doimiy monitoring yuritilyapti.

Energetika vazirligining ma’lum qilişiça, 604-sonli quduqda tozalaş işlari olib borilayotganda quduqdan olis hududlarda yer yuzasiga yaqin joylaşgan böşliqlar va kollektorlardagi mikro yoriqlarda kiçik hajmdagi gaz töplangan.

Ayni paytda hududda kiçik hajmda töplangan gazni yoqiş orqali zararsizlantiriş işlari olib borilmoqda. Bundan közlangan maqsad kislotali gazlarning atmosferaga çiqişini oldini olişdan iborat.

«Uşbu jarayon atrof-muhit ifloslanişining oldini olişda standart yondaşuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga töla javob beradi.

Rejalaştirilgan konservatsiya va profilaktika işlari mazkur texnologik jarayonning öziga xos xususiyatlarini tuşunmaydigan odamlar boşqaça talqin qilişi mumkin bölgan bir qator operatsiyalardan iborat. Bunga holat böyiça tarqalgan videolavha yaxşi misol böla oladi», — deyiladi munosabatda.

Eslatib ötamiz, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki ofat 1 sentabr kuni sodir bölib, 15 sentabrda jilovlangandi. 17 sentabrda esa 2-avariya holati yuzaga keldi va qurbonlar qayd etildi. Bu haqdagi ma’lumot bir kun ötib AOKAda bölib ötgan boşqa mavzudagi matbuot anjumanida berilgandi. 18 sentabrda ötgan brifingda energetika vaziri vafot etganlarning oilasi pudratçi taşkilot tomonidan otaliqqa olinişini