Qozoğiston Transport vazirligi Oqtov aeroporti yaqinida halokatga uçragan Azerbaijan Airlines (AZAL) bortining qulaşiga oid dastlabki hisobotni e’lon qildi.
Hujjat 53 varaqdan iborat. Unda Embraer 190 samolyoti iştirokida 25 dekabrda sodir bölgan aviahalokat tergovining dastlabki natijalari keltirilgan. Bort Bokudan Grozniyga uçayotgan bölgan.
«Uşbu hisobotda keltirilgan ma’lumotlar dastlabki bölib, tadqiqot natijalari va barça materiallarni örganiş asosida töldirilişi hamda qöşimçalar kiritilişi mumkin. Işlar yakunlangandan keyin aviatsiya hodisasining tegov natijalari böyiça yakuniy hisobot tayyorlanadi», — deyiladi hujjatda.
Hisobotda qayd etilişiça, komissiya samolyot konstruksiyalariga yetkazilgan zararni batafsil tekşirişni davom ettirmoqda.
«Saqlanib qolgan qismlarni dastlabki közdan keçirişlar davomida fyuzelyajning quyruq qismi, kil va stabilizatori, balandlik va yönaliş rullarida turli ölçam hamda şakldagi şikastlaniş holatlari aniqlandi. Havo kemasining çap dvigateli va çap qanotida, şuningdek, agregatlar va kompotentlarida ham şu kabi şikastlar qayd etilgan. Ayrim joylardagi şikastlanişlar töğri törtburçak şakliga ega», — deyiladi hisobotda.




Komissiya gidravlik tizimga ham şikast yetganini aniqlagan va bu taşqi obekt ta’sirida yuzaga kelgan bölişi mumkin. Hisobotda, şuningdek, uçuvçilarning dispetçerlar bilan suhbati, aeroportlar va ob-havo ma’lumotlari keltirilgan.



















