Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Rustem Umerov ma’lum qildi.

Şu bilan birga u «adolatli va mustahkam tinçlik» faqatgina öz mamlakati «jang maydonida kuçli bölsa»gina örnatilişi mumkinligini ta’kidladi.

Umerov Bryusselda Ukraina böyiça Aloqa guruhining «Ramştayn» formatida ötkazilayotgan yiğilişida iştirok etmoqda. «Mudofaamiz va butun Yevropa xavfsizligini mustahkamlaş ustida iş olib bormoqdamiz», — deydi u. Yiğilişga ilk bor Buyuk Britaniyaning mudofaa masalalari böyiça davlat kotibi Jon Xili boşçilik qilmoqda. Şuningdek, unda Pentagonning yangi rahbari Pit Xegset ham iştirok etyapti.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar ötkazişga tayyor ekanini, ammo uni yakuniy tinçlik bitimini imzolaşi mumkin bölgan legitim prezident deya hisoblamasligini ma’lum qilgandi. Köp ötmay Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Ukraina prezidentini «nolegitim» deya hisoblasa ham, Rossiya Zelenskiy bilan muzokaralar ötkazişdan boş tortmasligini bildirdi.

Öz navbatida Zelenskiy uruşni tugatiş uçun Putin bilan töğridan töğri muzokaralar ötkazişga tayyorligini aytdi. «Agar bu ukrainlar uçun tinçlikka erişiş va odamlarni yöqotmaslik yölida yagona konfiguratsiya bölsa, albatta, biz bunga boramiz», — dedi Ukraina prezidenti.

Keyinroq Zelenskiy Kiyev Moskvaga Kursk viloyatidagi bosib olingan yerlarni qaytarib, hududiy almaşinuvni taklif qilişi mumkinligi haqida gapirdi. Kreml bunday variantni «imkonsiz» deb atab, har qanday savdolaşiş noörin ekani va bu muhokama ham qilinmayotganini ta’kidladi. «Ukraina bölinmalarining yakson qilinmagan qismi uşbu hududdan quvib çiqariladi», — dedi RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.