YHXX boşliği Şerzod Ibragimovning ma’lum qilişiça, Özbekistonda 2024 yilda haydovçilar tomonidan qariyb 20 millionga yaqin qoidabuzarliklar sodir qilingan. YHXX mas’uli Aziz Rahmatullayevga köra, tölangan jarimalardan tuşgan pullar esa 1 trillion sömdan oşadi. Kun.uz muxbiri mas’ullardan uşbu mablağning qançasi yöllarni ta’mirlaş uçun işlatilişi haqida söradi.
25 fevral kuni AOKAda yöl harakati xavfsizligi tizimi takomillaştirilişi böyiça Ma’muriy va Jinoiy javobgarlik kodekslariga kiritilgan özgarişlar yuzasidan IIV JXD Yöl harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği, polkovnik Şerzod Ibragimov sohadagi ayrim statistik ma’lumotlarni oçiqladi.
«2024 yilda Özbekistonda avtomobillar soni 600 mingga, aholi soni esa 1 millionga oşdi. Şunga qaramay YTHlar soni kamaymoqda. Har 100 ming aholiga YTHlar soni kamligi böyiça Özbekiston MDHda Ozarboyjondan söng 2-örinda qayd etildi.

2024 yil davomida haydovçilar tomonidan qariyb 20 millionga yaqin qoidabuzarliklar sodir qilingan. Bunda yilda davomida 10 va undan köproq qoidabuzarlik qilgan haydovçilar soni 38 mingdan oşadi. Aynan ular 2024 yildagi YTHlarning 46 foizini sodir qilgan.
Özbekistonda 5 milliondan ortiq transport vositasi röyxatga olingan bölsa, şundan 1 million 250 mingtasi umuman qoida buzmagan», — deya YHXX rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, YHXX mas’uli Aziz Rahmatullayevga köra, 2024 yilda jarimalardan tuşgan pullar 1 trillion sömdan oşadi, bu qariyb 78 million dollar degani.
Kun.uz muxbiri jarimalardan tuşgan pullarning qança qismi yöllarni ta’mirlaşga sarflanişi, şuningdek, jarima pullarining taqsimlanişi haqida söradi.
«Jarima ballari sistemasining qaysi moddalar uçun amal qilişi aytib ötildi, ularning aksariyat yöl bilan emas, balki haydovçining qonun-qoidalarga amal qilişi bilan boğliq. Bu savol hozir bizning mavzuga qançalik boğliqligini bilmayman» — dedi YHXX boşliği Şerzod Ibragimov.
YHXX xodimi Azizxon Murodovga köra, jarimalardan tuşayotgan pullar budjetga tuşadi hamda qayerga, qança miqdorda ajratilişi Moliya vazirligi tomonidan taqsimlab beriladi.
















