Aziz Anvaroviç Toşpölatov Içki işlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston prezidentining tegişli farmoni imzolangan.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, general-mayor A.Toşpölatov nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan. 

Aziz Toşpölatov 1978 yilda tuğilgan, muqaddam Namangan viloyati IIB (2015–2017), Samarqand viloyati IIB (2017–2019), içki işlar vazirining birinçi örinbosari (2019–2020) kabi lavozimlarda işlagan, 2020 yil martida Toşkent şahri IIBB boşliği lavozimiga tayinlangandi.

2021 yil yanvarida Özbekiston prezidenti farmoni bilan «general-mayor» maxsus unvonini olgan.

U IIV rahbari lavozimida 2017 yil sentabridan buyon işlab kelgan Pölat Bobojonovni almaştirdi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabrida Özbekistonning qator kuçişlatar tuzilmalarida rahbarlar almaşgandi – dastlab DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olinib, uning örniga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov ötkazilgandi. Öz navbatida, mudofaa vazirligi rahbarligiga Şuhrat Xolmuhammedov kelgandi.

Bu özgarişlar prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd bilan boğliq ekani aytilgan.

Bundan taşqari, Toşkent şahar IIBB boşliği birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boşliği Ahrorjon Adhamov hamda Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasi Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi boşliği Timur Sobirov ham işdan olingan. Keyinroq Doniyor Toşxöjayev Allamjonovga suiqasd işida ayblanib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum