Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahridagi xususiy klinikada 11 yoşli bola tibbiy muolajadan söng vafot etgani haqidagi xabar tarqaldi. Unda bola klinikaga biroz şamollagani uçun olib borilgani aytiladi.

Videolavhalarda bolaning yaqinlari uning ölimida klinika şifokorlarini ayblagan.

“Ikkita notöğri antibiotik yozib, kattalarning dozasini proba qilmay turib bolaga urgan. Şamollagani uçun dadasi bilan kelgan. Dadasi navbat olib tur, men ovqat olib kelaman deb taşqariga çiqqan. Navbati kelgan bolani olib kirib, majburlab ukol qilişgan”, degan bolaning yaqinlaridan biri.

Şuningdek, u bola sportçi bölganini, 13 kun komada yotgani hamda klinika rahbari marhumning yaqinlariga 30 ming dollar taklif qilganini aytgan.

Boş prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilayotganini bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, marhumning ölim sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda mas’ul şaxslarning xatti-harakatlari böyiça xizmat tekşiruvi tayinlangan. Hozirda tekşiriş davom etmoqda.

Oldinroq Namanganda oyoği sinişi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etgandi.