IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati 1 maydan haydovçilar uçun jarima ballari tizimi joriy etilişi haqidagi xabarni rad etdi.

«Jarima ballari 1 may kunidan boşlab kuçga kirmaydi. Jarima ballarini hisoblaş tartibi töğrisidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda işlab çiqilmoqda.

Şu bois, tegişli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan söng, yöl harakati qoidabuzarliklari uçun beriladigan jarima ballarining hisoblaniş muddati va tartibi aniq belgilanadi», deyiladi YHXX matbuot kotibi Zoyir Yöldoşevning bayonotida.

2025 yil 20 fevralda imzolangan qonunga muvofiq, yöllardagi qoidabuzarliklar uçun jarima ballari hisoblab borilişi belgilangan. Qonunda bu mexanizmning aniq tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaşi yozilgan.

20 mart kuni Içki işlar vazirligi hukumatning tegişli qarori loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi. Unga köra, jarima ballari haydovçilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylaştirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi. Jarima ballari «E-jarimaball» moduli orqali, inson omilisiz, avtomatlaştirilgan tartibda hisoblab boriladi.

Loyihaga köra, qoidabuzarliklar uçun quyidagiça jarima ballari bölişi belgilangan:

  • haydovçilarning tormoz tizimida, rul boşqaruvida yoki ulovçi qurilmada nosozligi bölgan yoxud tegişli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boşqarişi – 0,5 ball;
  • foydalaniş belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, davlat raqam belgisi özboşimçalik bilan yeçib olingan transport vositalarini boşqariş – 1 ball;
  • közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, şuningdek tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalaniş – 0,5 ball;
  • – xuddi şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa – 1 ball;
  • tovuş signalini sababsiz beriş, uni işlab çiqaruvçi nazarda tutmagan signal va yorituvçi qurilmalarni örnatiş – 0,5 ball;