Poytaxtning 20 yilga möljallangan boş rejasi keng jamoatçilik iştirokisiz özgartirilişi xato böladi, taşabbuskorlar buning uçun yetarliça asoslar keltirişi va bu asoslar oçiq muhokama qilinişi lozim, deydi Germaniyada faoliyat yurituvçi şaharsoz Husan Muqimov. Uning aytişiça, “buni 10-15 ta odam bir xonaga kirib hal qilişi kerak emas”.
Uzoq yillar kutilib, qabul qilinganiga 7 oy bölgan Toşkent şahrining 2045 yilgaça möljallangan boş rejasiga özgartiriş kiritiladi. Bu haqda Quriliş vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik boş reja “takomillaştirilişi”ni e’lon qilarkan, bunday qarorga kelingani haqida keng jamoatçilikni faqatgina OAV aralaşuvidan keyingina xabardor qildi.
Avvaliga, bunday yangilik kutilayotgani haqida quriliş sohasidagi tadbirkor Murod Nazarov aygandi. Şundan keyin quriliş vaziri örinbosari Davron Odilov Kun.uz muxbirining savollariga javoban, negadir, boş rejaga özgartişlar kiritiş masalasi “kun tartibida emas”ligini aytdi. Intervyudan keyin vazirlik boş rejaning takomillaştirilişi alohida tadbirkorning xohişiga köra emas, balki ilmiy yondaşuvlar va jamoatçilik fikri asosida bölişini aytib bayonot berdi.
Kun.uz bu mavzu borasidagi savollar bilan Germaniyada istiqomat qilayotgan şaharsoz Husan Muqimov bilan intervyu ötkazdi.
“Bitta xonada 8-10 nafar şaharsoz ötirib, buni hal qilişi kerakmas”
Muqimov hukumatning 2024 yil dekabrdagi 880-sonli qarori bilan tasdiqlangan poytaxt boş rejasi köproq yerdan foydalaniş yoki yerni işlatiş xaritasiga öxşab ketişini aytadi.
“Genplanda aslida köproq aniq çegaralar, aniq strukturalar, rivojlanişlar aniq körsatilgan bölişi kerak. Bu yerda (Germaniya nazarda tutilmoqda – tahr.) köproq LUP (Land Use Plan – yerdan foydalaniş rejasi), LUM (Land Use Map – yerdan foydalaniş xaritasi) deydi, şunaqa deb tuşundim. Lekin katta mehnat qilingan, buni alohida ta’kidlab ötiş kerak. Boş reja 7 yil davomida işlab çiqildi deyilyapti, lekin bu uzoq muddat emas, bunday kölamdagi iş uçun 7 yil vaqt ketişi normal holat”,
















