Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida Alişer Tursunovga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça 29 sentabr kuni ötkazilişi belgilangan sud majlisi 2 oktabr kuni soat 16.00 ga qoldirildi. Bu haqda xabar bergan Toşkent şahar sudlari majlis qoldirişi sababini izohlamagan. Advokat Abdulloh Sodiqning Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, sud rasmiylari sudya kasal bölib qolganini aytgan.
Aslida ötgan hafta, 22 sentabr kuni körilişi lozim bölgan Alişer Tursunov işi böyiça sud majlisi — bugun 29 sentabr soat 14:00 ga qoldirilgan edi. Öşanda sud qoldirilişiga sabab sifatida «sudya Bobur Rahimov ayni vaqtda boşqa sud majlisi böyiça maslahatga kirib ketgani va jarayon çözilayotgani» keltirilgan. Şunga qaramay sud zaliga ulamoning özi ham IIV xodimlari hamrohligida olib kelindi va önlab fuqarolar zalga kiritilgan edi.
18 sentabr kuni bölib ötgan törtinçi sud majlisida davlat qoralovçisi — Uçtepa tumani prokurori örinbosari Erkin Narzullayev suddan Mubaşşir Ahmadni Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi böyiça aybdor, deb topişni söragandi. Xususan, prokuror Mubaşşir Ahmadga «özaro sanksiyalarni qöşiş yöli bilan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş» va «BHMning 150 barobari miqdorida jarima» qöllaşni söragan.
Advokatlar guruhi esa Alişer Tursunovdan 2 ta modda: «Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatiş» hamda «Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş» ayblovlarini olib taşlaşni söradi. Advokatlar, şuningdek materiallarni Din işlari böyiça qömita ruxsatisiz tarqatişga doir ayblovni qisman tan olib, bu harakat ijtimoiy xavfliligini yöqotganini bildirdi. Şu sababli uni JK 70-moddasi tartibda bekor qilişni, tergov organlari rasmiylaştirib olgan texnika va aşyolarni qaytarişni söradi.
Ayni kunlarda 2 marta qoldirilgan majlisda sudya Bobur Rahimov ayblanuvçiga sönggi söz berilişi hamda hukm çiqariş uçun maslahatlaşuv xonasiga kirişi kerak edi.
51 yoşli Alişer Tursunov joriy yil 8 may kuni Turkiyada uşlanib, 10 may kuni Özbekistonga

















