Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida Alişer Tursunovga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça 2 oktyabr kuni ötkazilişi belgilangan sud majlisi 8 oktyabrga qoldirildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz'ga ma’lum qildi. Oliy sud rasmiysiga köra, işni körayotgan sudya Bobur Rahimov salomatligi bilan boğliq muammolar tufayli kasallik ta’tili — «bolniçniy»ga çiqqan. U 8 oktyabr kuni işga qaytişi va şunda sud majlisi davom ettirilişi kutilmoqda. Aziz Obidov, şuningdek, iş «siyosiy sabablar»ga köra qoldirilmayotganini aytdi.
Mubaşşir Ahmadning himoyaçisi, advokat Abdulloh Sodiq ham Kun.uz muxbiri bilan suhbatda sudya Bobur Rahimov «bolniçniy olgani»ni tasdiqladi. Şuningdek, u sudyani almaştiriş masalasi körib çiqilmayotganini aytdi.
«Agar muzokaralarga kirganidan keyin sudyani turli sababga köra almaştiriş kerak bölsa, işni boşqatdan köriş kerak bölardi. Çunki sudya sud tergovidan ayblanuvçi, guvohlar va majlisda özi eşitgan gaplari asosida dalillarni körib çiqadi va şunga qarab hukm çiqarişi kerak”, deydi advokat.

Aslida ötgan oyda, 22 sentabr kuni körilişi lozim bölgan Alişer Tursunov işi böyiça sud majlisi jami uç marta – 16 kunga qoldirildi. Dastlab 22 sentabrdan 29 sentabrga, keyin 29 sentabrdan 2 oktyabrga, bugun 2 oktyabr kuni esa 8 oktyabrga qoldirilmoqda. Dastlabki holatda sud qoldirilişiga sabab sifatida «sudya Bobur Rahimov ayni vaqtda boşqa sud majlisi böyiça maslahatga kirib ketgani va jarayon çözilayotgani» keltirilgan. Şundan söng sudya kasal bölib qoldi.
18 sentabr kuni bölib ötgan törtinçi sud majlisida davlat qoralovçisi — Uçtepa tumani prokurori örinbosari Erkin Narzullayev suddan Mubaşşir Ahmadni Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi böyiça aybdor, deb topişni söragandi. Xususan, prokuror Mubaşşir Ahmadga «özaro sanksiyalarni qöşiş yöli bilan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş» va «BHMning 150 barobari miqdorida jarima»

















