Gap şundaki, tahririyat 27 sentabr kuni ayni paytda hibsda saqlanayotgan 13 nafar özbekistonliklarning murojaati asosida xabar e’lon qilgandi. Unga köra, 5 nafari ayollar bölgan jami 13 kişi Rossiyaning Tula viloyati Kireyevskiy tumanidagi “Zolotoy gorod” dam oliş maskanida işlaşgan. Biroq ularning hujjatlari amal qiliş muddati tugagani bois politsiya uşlagan va bu mehnat muhojirlari migratsiya qoidalarini buzgani uçun hibsga olingan. 

Fuqarolar bir neça bor hattoki öz mablağlari hisobiga deportatsiya qilişlarini iltimos qilgan., qaytiş çiptasi ham borligini aytgan. Çunki hibsxona şaroiti oğir, oziq-ovqat va tibbiy xizmat yetarli darajada emasdi. Biroq ular baribir hibsda qolmoqda. 

Kun.uz bilan gaplaşgan Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili – Ahror Burhonovga köra, vaziyatdan uşbu idora va respublikaning Rossiyadagi diplomatik missiyasi allaqaçon xabar topgan. 

“Bu masaladan xabarimiz bor, bu böyiça ikki marta murojaat qilganmiz. Hozir elçixonamiz vakillari Rossiya tomoni bilan işlayapti”, deydi vazirlik matbuot kotibi. 

Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi 2 oktyabr kuni bergan munosabatiga köra, bu masala alohida nazoratga olingan. 

“Rossiyaning Tula viloyatidagi vaqtinça saqlaş markazida saqlanayotgan Özbekiston fuqarolari murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum ilamiz. 

Elçixona tomonidan mazkur masala yuzasidan Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralariga rasmiy sörovlar yuborilgan. 

Uşbu masala Özbekiston Respublikasi Moskva şahridagi elçixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan”, deyiladi elçixonaning munosabatida. 

Şundan beri oradan 5 kun ötdi, biroq vaziyat also özgarmagan. 7 oktyabr kuni Kun.uz bilan qayta aloqaga çiqqan özbekistonliklarga köra, heç qanday yangilik yöq. 

“Jimjitlik, heç qanaqa yangilik yöq, elçixonaga ham yozdik, lekin jim. Bizga heç kim yordam bermayapti, hozirgi vaziyatda elçixona aralaşsa, balki bizni qöyib yuborişardi”,