Özbekiston va AQŞ fuqarolar hamda biznes uçun viza rejimini soddalaştiriş masalasini körib çiqmoqçi. Bu haqda transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev Özbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Prezidentimiz har doim eng katta darvozani oçadi. Ikki davlat rahbarlari asosiy yönalişlar, xususan, transport böyiça kelişib olsa, biz uçun ham işlaş osonroq böladi. Vazifalar köp va ulardan örganadigan jihatlarimiz bor», dedi transport vaziri örinbosari.

Jasurbek Çoriyevning qöşimça qilişiça, Uzbekistan Airways va Boeing örtasida 22 ta 787−9 Dreamliner samolyotlarini yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzilişi uzoq yönalişlarga, şu jumladan AQŞ şaharlariga parvozlar geografiyasini kengaytiriş imkonini beradi.

«Yaqinda qabul qilingan amerikaliklar uçun vizalarni bekor qiliş töğrisidagi qarorni hisobga olgan holda, turizm ham rivojlanadi. Fuqarolarimiz va biznes uçun viza tartibini soddalaştiriş masalasi körib çiqiladi», — dedi vazir örinbosari.

Avvalroq, Özbekiston prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi farmoni bilan 2026 yil 1 yanvardan boşlab AQŞ fuqarolari uçun vizasiz tartib belgilangandi. Unga muvofiq, AQŞ fuqarolari Özbekiston hududiga kirgan kundan boşlab 30 kungaça vizasiz bölib turiş huquqiga ega böladi.