Qozoğistonda «vakolatli organ talablarini bajarmagan» onlayn platformalarga kiriş bloklanişi mumkin. Bunday norma respublika Madaniyat va axborot vazirligi tomonidan taklif etilgan tuzatişlar loyihasida mavjud.

«Onlayn-platformalar mulkdorlari va (yoki) qonuniy vakillari (vakolatxonalari) tomonidan vakolatli organning körsatmalari bajarilmagan taqdirda, vakolatli organ onlayn-platformaga kirişni Internet-resurslar, onlayn-platformalar va tezkor xabar almaşiş xizmatlaridan foydalanişni çeklaş töğrisidagi qoidalarga muvofiq bloklaydi», deyiladi e’lon qilingan hujjatda.

Platformalar Madaniyat vazirligi talabiga binoan taqiqlangan materiallarni olib taşlaşi, beş mingdan ortiq obunaçiga ega bölgan anonim akkauntlar haqida ma’lumot berişi, kontentni töğri markirovka qilişi şart böladi.

Xuddi şu loyihada 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişini taqiqlaş taklif qilingan. Uşbu körsatmalardan birortasining bajarilmasligi resursdan foydalanişni çeklaş uçun asos bölişi mumkin.

Vazirlik tuşuntiriş xatida yangi normalar xavfsiz axborot muhitini şakllantiriş va onlayn platformalardagi noqonuniy kontent hajmini kamaytiriş uçun zarurligini körsatgan. Hujjat mualliflarining qayd etişiça, uning qabul qilinişi budjetdan moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi va salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelmaydi.

Avvalroq, Avstraliya 16 yoşga tölmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişni taqiqlagan birinçi davlat bölgan edi.

Keyinroq, Malayziya hukumati 16 yoşga tölmagan şaxslarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişni 2026 yildan boşlab taqiqlaş rejasini e’lon qildi.