30 dekabr kuni xalq deputatlari Termiz tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Şu vaqtga qadar Termiz tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Şuhrat Nazarov boşqa işga ötgani sababli lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Viloyat rahbari tuman hokimi vazifasiga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Şuhrat Iskandaroviç Qalandarov nomzodini taklif qildi va nomzod tuman kengaşi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Şuhrat Qalandarov 1981 yilda Denov tumanida tuğilgan. 2004 yilda Termiz davlat universitetini, 2015 yilda Özbekiston Respublikasi davlat soliq qömitasi soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortiş mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, xususan, Termiz tumanida davlat soliq inspeksiyasi boşliği, Termiz va Sariosiyo tumanlari hamda Termiz şahrida hokimning birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan. 

Tayinlovga qadar Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – Iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uçun, Şuhrat Nazarov ham soliq tizimidan çiqqan bölib, 2008–2022 yillarda soliq organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022 yildan Çirçiq şahar Davlat soliq inspeksiyasi boşliği bölgan, 2023 yil yanvarida Termiz tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Şuhrat Nazarov

Öşanda u bu lavozimda Şuhrat Örinov örnini egallagandi.