Fransiya kelasi yilning 1 sentabridan boşlab 15 yoşgaça bölgan ösmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlamoqçi. Bu haqda tegişli qonun loyihasi matniga tayanib, Franceinfo xabar berdi. Loyihaning parlamentdagi muhokamasi yanvar oyida bölib ötadi.
Portal ma’lumotlariga köra, qonun loyihasida ikkita taklif mavjud, birinçisi - 15 yoşgaça bölgan şaxslarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaş, ikkinçisi - örta maktablarda mobil telefonlardan foydalanişni taqiqlaş. Naşr manbalarining aniqlik kiritişiça, hujjat «Yevropa qonunçiligiga muvofiq» tuzilgan.
«Köp sonli tadqiqotlar va hisobotlar ösmirlar tomonidan raqamli ekranlardan haddan taşqari foydalaniş bilan boğliq turli xavflarni tasdiqlaydi», deyiladi hujjatda. Hukumat bunday xavflar qatoriga «nomaqbul kontent ta’siri», «bulling va uyquning buzilişi» kabilarni kiritdi.
Ta’kidlanişiça, Fransiyada 2018 yildan boşlab maktabgaça ta’limdan örta darajadagi sinflargaça mobil telefonlardan foydalaniş taqiqlangan, biroq «ba’zida bu me’yorga rioya etilişini ta’minlaş qiyin bölmoqda».
Dekabr oyi boşida Avstraliya dunyoda birinçi bölib 16 yoşgaça bölgan şaxslarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqladi. Asosiy platformalar, jumladan Facebook, Instagram va TikTok voyaga yetmaganlarning akkauntlarini öçirib taşlaşi şart. Ijro etmaganlik uçun yirik miqdorda jarimalar nazarda tutilgan.

















