Farğona boğçalarida ommaviy zaharlaniş: ovqat yetkazib beruvçi firma tendersiz tanlangan, kim aybdor?
|00:54 / 26.02.202620 32511 min
“Garden Catering Trade” MÇJ Farğona va Quvasoy şaharlaridagi davlat boğçalariga keytering asosida ovqat yetkazib beradi. Qiziği, kelib çiqişi Quvasoy hokimi Zafarjon Töraqulov bilan boğlanişi mumkin bölgan bu firma heç qanday tanlovsiz viloyat hokimi imzolagan qaror bilan uşbu imkoniyatni qölga kiritgan. Farğonalik şifokor va ayni keytering loyihasining muallifi Muazzam Ibrohimova hududda zaharlaniş yuzaga kelişi haqida ançadan beri aytib kelardi. “Bolalar ovqatlanişini biznes qilmanglar, iltimos. Bu şaxslar jazolanişi şart”, deydi u Kun.uz bilan bölgan suhbatda.
Farğona şahridagi bir neçta boğçada bolalarning ommaviy zaharlanişi kuzatildi. Oxirgi ma’lumotlarda şifoxonada 70 dan ortiq bola qolayotgani, mas’uliyatni heç kim böyniga olmayotgani aytiladi. Xöş, bunga aslida kim javobgar? Kun.uzʼning navbatdagi materiali şu haqda.
“Garden Catering Trade” MÇJ haqida
Gap şundaki, Kun.uz bu mavzuni birinçi marotaba kötarayotgani yöq. Aynan zaharlaniş kuzatilgan Farğonadagi davlat boğçalariga ovqat yetkazib beruvçi firma, “Garden Catering Trade” MÇJ haqida avvalroq suriştiruv qilgandik.
Ayni keytering loyihasi uçun 2024 yil aprel oyida qöşma korxona sifatida “Turan Catering International” MÇJ taşkil etilgan. Unga avvaliga 3 ta ta’sisçi: turk investorlari (50 foiz), Muazzam Ibrohimova (10 foiz) va Quvasoy hokimi Zafar Töraqulovning qarindoşi Elbek Jörayev (40 foiz) egalik qilgan.
Bu firma yopilgaç, keyin umuman boşqa “Garden Catering Trade” MÇJ oçilgan. Kompaniya Iqboljon Bozorov va Yildirim Ademning teng şerikligida bölgan. Hozirga kelib esa firma qöşma korxona emas, u 100 foizlik uluş bilan Iqboljon Bozorovga tegişli. 25 fevral sanasida Statistika agentligi bazasidan olingan sönggi ma’lumotga köra, firmaning ta’sisçisi Möydinjon Ğofurovga özgargan. Nega Iboljon Bozorov ta’sisçilikdan çiqib ketgani noma’lum. Hujjatlarga köra, firmaga Şavkat Turdialiyev rahbarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
“Turan Catering International” ham, “Garden Catering Trade” ham bir manzil, ya’ni Quvasoy şahrining “Pakana” MFY Nurli yöl köçasi 405A-uyda joylaşgani qayd etilgan. Bundan körinadiki, ikkalasi ham nomi boşqa, lekin bitta firma hisoblanadi.
Firma tendersiz tanlab olingan
Özbekistonning deyarli barça hududida boğçalar ta’minoti autsorsing – ya’ni mahsulotlar yetkazib beriş tartibida işlasa, Farğona viloyatining ayrim tumanlari keytering – tayyor ovqat yetkazib beriş tartibida amal qiladi. Farğonadagi keytering xizmatini ana şu “Garden Catering Trade” MÇJ amalga oşiradi.
Unga bunday eksklyuziv huquqni Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov 2024 yil 25 iyuldagi qarori bilan taqdim qilgan. Hujjatga köra, aynan öşa yili 1 avgustdan boşlab Quvasoy şahridagi davlat boğçalarida 5 oy muddatga keytering tizimi joriy etilişi, taomlarni tayyorlaş va yetkaziş bilan esa Quvasoydagi “Garden Catering” qöşma korxonasi şuğullanişi böyiça takliflar ma’qullangan. Yil yakuniga qadar tizim Farğona şahridagi davlat boğçalarida ham taşkil etilişi belgilangan. Şunday qilib, firma Farğona va Quvasoy şaharlaridagi boğçalarning ovqat yetkazib beruvçisiga aylangan.
Qonunçilikka tayanilsa, autsorsing asosida işlovçi firmalar davlat xaridlarini tender asosida yutib olişi talab qilinadi. Keyteringga oid tartib esa biror hujjatda qayd etilmagan. Katta ehtimol rasmiylar mana şu lazeykadan foydalanib qolgan bölişi mumkin.
Quvasoy şahar hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev öşa vaqtda tenderga oid sörovlarimizga javoban Farğona vodiysida keytering xizmatini körsatuvçi korxona yöqligi, hududdagi boğçalarda ovqatlaniş tizimi qoniqarsiz holatga kelgani sababli “Garden Catering” qöşma korxonasi 5 oylik sinov uçun tanlab olinganini aytgandi.
Tahririyat özining dastlabki suriştiruvida aynan “Turan Catering International” firmasining avvalgi uluşdorlaridan biri Elbek Jörayev Quvasoy şahar hokimi Zafarjon Töraqulovga aloqador ekanini dalillar bilan körsatgandi. Ammo bu sanab ötilgan holatlarning birortasiga na Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, na IIV va na Boş prokuratura e’tibor qaratdi. Oqibatda esa yana öşa muammo – bolalarning ommaviy zaharlanişi yuzaga keldi.
“Heç bölmasa şu sohani yemasdan, halol, töğri işlata olmaymizmi?”
Keytering loyihasining asli muallifi, farğonalik şifokor Muazzam Ibrohimova bunday muammo yuzaga kelişi mumkinligini avvaldan taxmin qilganini aytadi.
“Farğona viloyatidagi maktabgaça ta’lim muassasasi tarbiyalanuvçilari örtasida röy bergan ovqatdan zaharlaniş haqidagi xabarni eşitib, larzaga tuşdim, töğrisi. Lekin bu haqida bir neça marta ogohlantirganman. Aytiş joizki, ikki yildan beri tinmay ogohlantirib kelardim.
Bu loyiha, ya’ni biz taşkil qilgan “Turan Catering International” loyihasi umuman sohasiga begona va bu sohani yaxşi bilmaydigan odamlarning qöliga ötib ketgani haqida bir neça marta aytganman, yozganman. Lekin ming afsuski, hattoki prezidentga yozgan şikoyatlarimga ham xuddi mazax qilgandek Zafarjon Töraqulovdan (Quvasoy şahar hokimi), yo Farğona viloyati hokimligidan javob qaytgani judayam insoniylikdan taşqari narsa edi.
Men aynan öşa xatlarimda bolalar zaharlanişi mumkin, bular mutaxassis emas, bular bolalar uçun keytering qilgan odamlar emas, deb bong urganman, bilasizmi? Bu bolalar vafot etişi ham mumkin edi. Ötkir diareyani qarang, qayt qilyapti, bolaning qayta-qayta isitmasi çiqyapti. Heç bölmasa şu sohani yemasdan, halol, töğri işlata olmaymizmi? Bu sohada aynan şu Töraqulovga öxşagan odamlarning qöli bölmasa, soha ğildiragi yurmay qoladimi?
Bilasizmi, bolalar taomlanişi, bolalarni ovqatlantiriş biznes bölişi kerak emas. Bu soğliqni saqlaş tizimining bitta bölagi bölişi kerak. Çunki aynan notöğri ovqatlaniş tufayli turli xil kasalliklar kelib çiqyapti. Turan Cateringʼni taşkil qilişimdan ham yagona maqsadim bor edi: bolalar taomlarini individual, salomatligiga moslab turib va öşa orqali har xil oğir kasalliklarning oldini oliş edi. Bolalarni jismonan, ruhan soğlomlaştiriş edi. Lekin bu loyihani bizdan öğirlagan nokaslarning umuman niyati boşqa bölgan”, – deydi u.
Ibrohimovaning qöşimça qilişiça, aynan şu firmaning taomini hozirda 45 ming nafar bola iste’mol qiladi. Ularda ayni ovqatlardan zaharlaniş holatlari avval ham uçragan, ammo işlar yopdi-yopdi qilingani aytilmoqda.
“Masalan, bitta brutsellyozli tuxum agar göştning içiga tuşib qolsa yoki bölmasam, qanaqadir mikrobi bor kökat, sabzavotlar, yana bir boşqa mahsulotlarning içiga tuşib qolsa, bu yerda tizimli zaharlaniş kelib çiqadi, bolalar zaharlanadi. Bolalar qöy, mol, eşak emas. Bolalarni har tomonlama himoya qiliş uçun ham talabga, sanitariya-gigiyenik talablariga mos keladigan jihozlarni qöyaylik, deb men aytganman. Buni turkiyalik investorlarimiz ham aytişgan. Lekin ming afsus, umuman bu talablarga javob bermaydigan holatda işlaşgan.
Boğçalarga ovqat taşişi kerak bölgan maxsus termal idişlarning eng yaxşisini, talabga javob beradiganini, temperaturani bir xilda saqlab, açitmasdan olib boradiganini biz sal qimmatroğini tanlab qöyganimizda, “eh, buning ikki baravar arzoni Xitoydan ham kirib keladi”, deb mana, nimaga olib keldi.
Bu yerda bitta yagona aybdor bor. U ham bölsa, Quvasoy şahar hokimi Zafarjon Töraqulov. Çunki “Turan Catering”ga ham özining jiyanini tiqqandi. 40 foiz uluşni berasan, deb oxiri hammamizni haydab çiqarib, loyihamizni öğirlab, ham öşa Pakana mahallasida, ham Buvaydada ikkita keyteringni qilib, özining qarindoş-uruği yoki bilmayman [kiritgan], hozir Iqbol Bozorov degan[i bölgan], hatto bu inson haqida ham yaxşiroq suriştirib körişingizni xohlayman.
Xullas, bolalar ovqatlanişini biznes qilmanglar, iltimos. Bu şaxslar jazolanişi şart. Mana, elektrdan yaqinda 9 milliard sömlik qarzlari bor. Ança işçilarni haydaşgandi, ança oşpazlarni, haydovçilarni böşatişgandi va bilasizmi, öşa yerda işlab kelayotgan, işlab haydalgan sobiq işçilar, oşpazlar bilan gaplaşganimda şunday bir qörqinçli gaplarni gapirişadiki, men qörqib ketgandim. Şuning uçun qayta-qayta yozayotgandim”, – deydi Ibrohimova.
Suhbatdoşimiz bu holatlarga tegişli organlarning sergak bölib, çora körişini qat’iy sörab talab qilmoqda.
Eslatib ötamiz, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi esa “Garden Catering Trade” korxonasi faoliyatini örganib, xizmatlarida bir qança talablarga rioya qilinmagani, xususan, taomlarning retseptura töplami, tarkibiy qismi hamda energetik qiymati sanitariya talablari asosida işlab çiqilmagani, tarbiyalanuvçilarga yetkazib beriladigan taomlarni taşiş, saqlaş va iste’molga berilişiga qöyiladigan sanitariya-gigiyena talablari böyiça tizimli işlar belgilab olinmaganini aniqlagandi. Raqobat qömitasi Farğona viloyati hokimidan Quvasoydagi keytering korxonasiga oid qarorini bekor qilişni talab qilgandi.
Kun.uz şularning natijasi böyiça vazirlik va qömitaga savol yubordi. Maktab vazirligi doimgidek sörovlarimizni befarq qoldirişni ma’qul kördi. Raqobat qömitasi esa ayni masalaga izohni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi hamda mahalliy hokimlik berişini aytdi.
Içki işlar boşqarmasiga köra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257−1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Xozirda vaziyat Farğona viloyati prokuraturasi, IIB hamda boşqa mutasaddi idoralarning ma’sullari tomonidan örganilmoqda. Barça tegişli turdagi ekspertizalar tayinlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili Surayyo Rahmonova uşbu vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, ombudsmanning mintaqaviy vakili voqea joyiga yetib borgan, hozirda tergovga qadar tekşiruv doirasida hujjatlar tahlili va örganiş işlari olib borilmoqda.
Ötgan yili zaharlanişga oid keyslar Toşkent viloyatining bir qança tumanlarida ham kuzatilib, jinoyat işi qözğatilgandi. Hozirda 11 kişi qamoqqa olingan va ularga sud yaqin kunlarda boşlanadi.