Vazirlik vakilining sözlariga köra, bu yönalişdagi abituriyentlarga imtihonlar bölmaydi. Ular ikkita fandan test topşiradi.
«Birinçi fan aniq. Test uçun ikkinçi fan sifatida esa ötgan yili test jarayonida qöyilgan 3-blok fani qöyib beriladi. Masalan, ötgan yili 3-fan ingliz tili bölgan bölsa, bu yil u ikkinçi fan sifatida qöyiladi», – dedi Xoliqov.
Uning qöşimça qilişiça, faqat ijodiy imtihon olinuvçi yönalişlar uçun tartib özgarmay qoladi.
Davlat qabul komissiyasining tegişli qarori tez orada e'lon qilinişi kutilmoqda.
«Bu böyiça işçi guruh a'zolari örtasida juda köp bahslar böldi. Ha, testga qadar ijodiy imtihon topşiruvçilarga bu jarayon taşkil qilinişi mumkin edi, lekin hozir biz OTMga test boşlangunça ijodiy imtihonlarni olinglar desak, ular ulgurolmasdi.
Ikkinçidan, köryapsiz vaziyatni, hozir abituriyentni bir joyga yiğadigan vaziyat emas.
Bu yerda faqat 8-9ta yönaliş bor. Masalan, jurnalistika, arxitektura kabi. Hozir vaziyat şundayki, hamma unga moslaşişga, könikişga majbur. Masalan, Mudofaa vazirligi tizimidagi ijodiy imtixonlar ham bu yil töliq test şaklida ötişi kutilmoqda», – dedi Abduvali Xoliqov Kun.uz muxbiri bilan telefon orqali suhbatda.
Ma'lumot uçun, bakalavriatning 13ta ta'lim yönalişiga öqişda kirişda bitta fandan test va kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkazilişi belgilangan edi.



















