Botir Zokirov rasman Qurilish vaziri bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 avgustdagi PF-5807-sonli Farmoniga muvofiq, Botir Irkinovich Zokirov O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Botir Zokirov – 2018 yil aprelidan buyon Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari edi.
Botir Zokirov 1963 yilning 28 iyulida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) quruvchi-muhandis mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1980 yilda Toshkent instrumental zavodida mehnat faoliyatini boshlagan. 1985-1990 yillarda «Toshsantexmontaj» trestida ishlagan. 1990 yilda esa «12-trest» qurilish shirkatida ish boshlab, bu yerda chilangarlikdan boshqaruv kengashi raisi lavozimigacha ko‘tarilgan. 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 dekabrdagi PF-4877-son farmoniga muvofiq Botir Zakirov Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar yangi tarkib topgan amaliyotga ko‘ra, hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni ko‘rib chiqishgan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qurilish vaziri lavozimi uchun taqdim etilgan Botir Erkinovich Zokirov nomzodi deputatlar tomonidan ma'qullangandi.
Qurilish vazirligi 2018 yilning 2 aprel kuni prezidentning «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan tashkil etilgandi. O‘shanda vazirlikka Olmazor tumani hokimi bo‘lib turgan Abduqahhor To‘xtayev (2005-2011 yillarda Toshkent shahri hokimi bo‘lgan) yangi rahbar etib tayinlangandi. U 2019 yilning mayida lavozimdan ozod etilib, Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi lavozimiga o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03
-
Putin: Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolishga tayyor
Jahon | 22:56
-
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi
O‘zbekiston | 22:13
-
Germaniyada Qrimga turbina yuborgan Siemens menejerlari sud qilinadi
Jahon | 22:07
Mavzuga oid

10:41 / 21.02.2025
Anhor va Navro‘z bog‘lari qayta qurilmaydi - Qurilish vazirligi

18:44 / 24.12.2024
Qurilish vazirligiga shaharsozlik normalariga zid hujjatlarni bekor qilish vakolati berildi

18:00 / 17.07.2024
«Trest 12»ga tendersiz loyihalar, bajarilmagan va’da va “yengilmagan” korrupsiya – Botir Zokirovning 5 yili

12:05 / 17.07.2024