Anomal sovuqqa qanday tayyorgarlik körildi?

Toşkent şahar hokimi sovuq ob-havo tufayli 9-18 yanvar kunlarida markaziy va içki yöllarni tezkorlik bilan qor va muzlamalardan tozalaş taşkil qilinişi, şahar jamoat transportining tizimli işlaşi çoralari körilişi, oziq-ovqat işlab çiqaruvçi korxonalarning uzluksiz işlaşi ta’minlanişini va’da qilgandi. Bundan taşqari, şu kunlari şahar va tuman hokimliklarida, boşqarmalarda har qanday majlislar taqiqlandi.

Şu bilan birga, Jahongir Ortiqxöjayev boşqaruv servis kompaniyalari tomonidan köp qavatli uylar yölaklarini qor va muzlamalardan öz vaqtida tozalaş ta’minlanişi,  elektr tizimidagi avariyalar tezkor bartaraf etilişi, tuğuruqxonalar, şifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylaridagi elektr generatorlari töxtovsiz işlaşi uçun yetarli yoqilği bilan ta’minlanişi, navbatçilik, ştablar va call-markazlar faoliyatidagi aloqa telefonlarining uzluksiz işlaşi nazoratga olinişi, köçada xizmat qilayotgan yöl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlaştiriş xodimlari issiq çoy va yegulik, ixçam termos idişlari bilan ta’minlanişini ta’kidlagandi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi

Ijtimoiy tarmoqlarda köp qavatli uylarning yölaklari oldiga qumli, tuzli qorişmalar qopga solib qöyib ketilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ulardan yölaklarda yaxmalak hosil bölganda muzlarni eritiş, sirpançiqliklarning oldini oliş maqsadida foydalaniş közda tutilgan.

Aytişlariça, 7 yanvar kuni bölib ötgan majlisda Boş vazir Abdulla Aripov pod’yezdlarda qordan keyin muz paydo bölsa, uni eritiş uçun tezkor çora köriş maqsadida şunday topşiriq bergan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar