Bloger Olimjon Haydarov tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
Farg‘onalik bloger va jamoatchilik faoli Olimjon Haydarov bugun, 29 iyul kuni huquq tartibot organlari tomonidan tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi. IIB u Qo‘qondagi bozor haqida salbiy mazmundagi maqolani chiqarmaslik uchun pul talab qilganini aytmoqda.

Surat Olimjon Haydarovning Facebook sahifasidan olindi.
Farg‘ona viloyati IIB bloger Olimjon Haydarov tovlamachilik ustida qo‘lga olingani haqida xabar tarqatdi.
“Aniqlanishicha, fuqaro O.X. joriy yilning 12 iyun kuni “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shug‘ullangan tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularda norozilik kayfiyatini uyg‘otish orqali, savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari bo‘yicha salbiy mazmundagi maqolalarni o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoq kanallariga joylashtirgan.
Qo‘shimcha ravishda, bloger “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi MChJ rasmiylaridan tovlamachilik yo‘li bilan moddiy mablag‘ undirishga urinib, o‘zi tomonidan tayyorlangan “Qo‘qonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar’iy boshqaruvmi?» nomli salbiy mazmundagi maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga, 10 ming AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib, undan umumiy qiymatda 7,5 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritib, qo‘shimcha 2.500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Haydarov 12 iyul kuni Telegram-kanalida Qo‘qondagi yonib ketgan bozorda do‘koni bo‘lgan ko‘plab tadbirkorlar rekonstruksiyadan keyin do‘konsiz qolishi mumkinligini aytib maqola e’lon qilgan.
Tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan Olimjon Haydarov 2022 yil iyulida diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatishda ayblanib, 15 sutka ma’muriy qamoqqa olingan, 2 sutkadan keyin apellyatsiya sudi qarori bilan ozod etilgandi. U, shuningdek, o‘tgan yili dekabrda mitinglar o‘tkazish tartibini buzish va yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib 21 mln so‘m jarimaga tortilgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14 / 14.05.2025
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59 / 14.05.2025
Mavzuga oid

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

19:22 / 04.04.2025
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

14:40 / 14.03.2025