Kun.uz muxbirlari aholida tuğilgan savollarga javob oliş va vaziyatga aniqlik kiritiş uçun poytaxtdagi ikki eng yirik çakana savdo tarmoqlari – Korzinka va Makro rahbarlari bilan suhbatlaşdi.
Zafar Hoşimov: «Mahsulotlar yetişmovçiligi yoki dökonlar yopilib qolişidan xavotir olişga asos yöq»
«Xaridorlar biroz köpayib, navbatlar paydo bölgani rost. Lekin hamma mahsulotlar yetarli. Navbatda turganlarning köpi bilan gaplaşib, nima sababdan bunaqa köp mahsulot olyapsiz, deya söradim. Ular köp odam yiğiladigan joylar yopiladi, deyilgani uçun, bozor va dökonlar ham yopiladi, deb tuşunişgan.
Odamlar dökon va bozorlar yopilib qolişi ehtimolini öylab, uzoq vaqt saqlasa böladigan şakar, un, guruç, greçka, makaron, yoğ, konserva mahsulotlari, har xil dezinfeksiya vositalari, sovun köp xarid qilişdi», – deydi Zafar Hoşimov.


Tadbirkorning ma'lum qilişiça, u rahbarlik qilayotgan supermarketlar tarmoği sönggi haftalar davomida mahsulotlar zaxirasini bir neça barobarga köpaytirgan.
«Şuning uçun heç qanaqa vahimaga örin yöq. Mamlakatimiz karantinga yopilgan bölsa ham, mahsulotlar kelişiga heç qanday tösiq yöq. Na mahsulotlar yetişmovçiligidan va na dökonlar yopilib qolişidan xavfsiraşga örin yöq», – deydi u.

Talabning oşgani mahsulot narxiga ta'sir etmaydimi, degan savolga javoban Hoşimov şunga yaraşa taklif ham yetarli ekanini aytdi.
«Taklif borasida heç qanaqa muammo yöq. Talab yetarli darajada qondirilyapti. Bugungi kundagi holat va zaxiralarimizdan kelib çiqib, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi şu kunlarda keskin oşişi imkonsiz, deb hisoblayman», – dedi Zafar Hoşimov.
Koronavirus daragini eşitgan Samarqand: xaridlar oşgan, mahsulotlar yetarli, odamlar xotirjam


















